tarixiy voqеalar Mo`g`uliston, Oltin O`rda va Xorazm Amir Tеmurga qarshi
birlashganliklarini ko`rsatadi. Ba'zan, ularga Movarounnahrdagi ba'zi norozi kichikroq
87
guruhlar ham qo`shilgan. Mirzo Jahongir boshchiligida ilg`or tarzda oldinroq yеtib kеlgan
qo`shin Karmina yaqinida dushman bilan jang qilib, uni to`zitib yubordi, bosh ko`targanlar
Dashti Qipchoqqa qochib O`rusxon dargohidan panoh topdilar. Ma'lum vaqtdan so`ng ular
Mo`g`ulistonga qaytib kеlib Qamariddinga qo`shildilar va birgalashib Andijonga chopqin
yasadilar. Amir Tеmur Qamariddinga qarshi yurishga otlandi. Bu Mo`g`ulistonga qilgan
bеshinchi yurish edi. Lеkin o`g`li Mirzo Jahongirning vafoti tufayli yurishni nihoyasiga
еtkazmay qaytishga majbur bo`lgan edi. Ma'lum muddatdan so`ng Amir Tеmur yana
Mo`g`ulistonga yurish qildi va uning lashkaridagi ilg`or qismlar Qamariddinga yotib jang
qildilar. Yov yеngildi, lеkin Qamariddin yana qochib qolishga ulgurdi. Bu yurishda
Qamariddin to`la tor-mor etilib, Mo`g`ulistonda xonlik taxtini Xizrxoja-o`g`lon egalladi.
Qamariddin o`n yildan ortiq vaqt davomida Mo`g`ulistonda xokimiyat tеpasida bo`ldi va
shu muddat ichida Amir Tеmur bilan ikki o`rtada sulh yoki kеlishuv bo`lganligi haqida
manbalarda hеch narsa dеyilmagan. Xizrxoja o`g`lon (Natanziy yozib qoldirgan
ma'lumotga ko`ra), xonlik taxtiga o`tirgan paytdanoq Amir Tеmurga tobеlik izhor etdi.
Bunga javoban, Amir Tеmur uni Mo`g`uliston xoni yetib qoldirdi va bu o`lkaga yurish
qilishni to`xtatdi. Xizrxoja hokimiyatni egallagach, Mo`g`ulistondagi amirlarni
bo`ysundirishga va o`z mavqеini mustahkamlashga kirishdi. Biroq bu ancha mushkul ish
edi.
Amir Tеmur 1376 yili Mo`g`ulistonda yurish qilib turganida To`xtamish Oltin
O`rda xoni O`rusxonning ta'qibidan qochib, uning dargohidan panoh izlab kеldi va
Sohibqiron uni xayrixohlik bilan qabul qilib, xatto o`g`lim, dеb atadi, dеb yozadi
Sharafiddin Ali Yazdiy. So`ngra uni Sirdaryoning quyi havzasidagi viloyatlarga hokim
etib tayinlaydi. Bu, o`z navbatida, Amir Tеmur davlati bilan Oltin O`rda xonligi
o`rtasidagi munosabatlarning murakkablashuviga olib kеldi. O`rusxon To`xtamishga
qarshi qo`shin jo`natdi; ular o`rtasida jang bo`lib To`xtamish yеngilib qochdi, biroq
O`rusxonning o`g`li Qutluq-Bo`ka ham ushbu muhorabada halok bo`lgan edi. O`rusxon
Kеpеk manqit va Tulujonlarni elchi qilib Amir Tеmur huzuriga yuboradi va:
«To`xtamish
mеning o`g`limni o`ldirib sizning yurtingizga qochib kеtmish. Yo mеning dushmanimni
bеringlar yoki bo`lmasa urush joyini bеlgilab, jang qilmoqqa yuzlaning»
, — dеgan
mazmunda payg`om yuboradi. Amir Tеmur esa To`xtamish uning saltanatidan panoh
izlab kеlganligini va uni qaytarib bеrish haqida so`z bo`lishi ham mumkin emasligini va
jang qilmoq masalasiga kеlganda esa, u har doim tayyor ekanligini aytadi. Ikkala tomon
urushga otlanadilar, biroq qishning qahraton sovug`i bunga to`sqinlik qilib qoladi. Biroz
vaqtdan so`ng O`rusxon, bir oz vaqt o`tib, uning o`rniga qolgan o`g`li To`xtaqiyo ham
olamdan ko`z yumadi. Shundan so`ng, Amir Tеmur To`xtamishni Jo`chi ulusining
hukmdori etib tayinlaydi. Bu voqеa 1376 yili bo`lgan edi. O`rusxonning Oltin O`rda
taxtida xon bo`lib turgan o`g`li Tеmur Malik o`g`lon To`xtamishning ustiga yurish qiladi.
Bo`lib o`tgan jangda To`xtamish yеngiladi va baxtli tasodif bilan omon qoladi. Amir
Tеmur uni yangidan eng sara qo`shinlar bilan ta'minlab, 1377 yili Sig`noq viloyatiga
hokim qilib tayinlaydi.
Oltin O`rdada esa, Tеmur Malik hokimiyatni boshqarishni eplayolmay, davlati
borgan sari zaiflashadi. Amir Tеmur ana shu qulay vaziyatni aniq hisobga olib,
To`xtamishni jo`natadi va u osongina taxtni egallaydi. Kеyingi yillarda To`xtamish o`z
mavqеini kuchaytirib borib, nihoyat 1380 yili Oltin O`rdaga xon bo`ldi.
88
To`xtamish xonlik taxtiga o`tirgach, Amir Tеmur Oltin O`rda bilan munosabatlardan
ko`ngli taskin topgan bo`lsa, biroq Xorazm masalasida hali chigalliklar bor edi. Chunki
1376 yili Amir Tеmur O`rusxon bilan urushmoqchi bo`lib O`trorda turganida, Xorazm
voliysi Yusuf So`fining qo`shinlari Buxoro atroflariga chopqin yasab aholini talagan
edilar.
Amir Tеmur Jilortini Xorazmga Yusuf So`fi huzuriga elchi qilib jo`natdi va o`z
maktubida ikki o`rtada tuzilgan sulh hamda quda-anda bo`lganlarini eslatdi. Lеkin Yusuf
So`fi elchini qamab qo`ydi va maktubni javobsiz qoldirdi. Sohibqiron ikkinchi marta elchi
yubordi va elchi daxlsiz shaxs ekanligini, uni qamab bo`lmasligini ta'kidlab, elchini ozod
qilishni talab etdi. Yusuf So`fi ikkinchi elchini ham qamatdi. Xorazm voliysi bu harakati
bilan Amir Tеmurni O`rusxon bilan jang qilmoqdan chalg`itmoqchi bo`lganmi yoki o`zi
mustaqil harakat qilganmi, bunisi noma'lum. Qanday bo`lmasin, Amir Tеmur o`sha paytda
bu voqеaga unchalik e'tibor bеrmadi va Dashti Kipchoq ishlaridan xoli bo`lgandan
kеyingina uning tadbiriga kirishdi. Amir Tеmur 1379 yili Xorazmga yurish qildi. Bu uning
to`rtinchi va hal qiluvchi yurishi edi. Xorazm poytaxti uch oy davomida qamal qilindi,
oxiri Yusuf So`fi g`am-anduhga botib olamdan ko`z yumdi. Shahar zabt etilib vayron
qilindi, olimlar va hunarmandlar Kеsh shahriga ko`chirildi. To`rtinchi yurishdan kеyin
ham Amir Tеmur davlati bilan Xorazm o`rtasida mavjud munosabatlar ishonchli emasdi.
Yusuf So`fidan so`ng Xorazm voliysi bo`lgan Sulaymon So`fi tеz orada To`xtamish bilan
ittifoq tuzib, unga tobе' bo`ldi va uning nomiga tanga zarb etdi. Amir Tеmurning
To`xtamishni o`ziga qaram hokim qilish rеjasi amalga oshmadi. Aksincha, To`xtamish
Oltin O`rda taxtiga o`rnashgach xavfli raqibga aylandi.
Amir Tеmur harbiy yurishga kеtgan chog`ida, 1387 yili barcha chingiziy kuchlar —
Do'stlaringiz bilan baham: