Qadimgi shaharlarning tarixiy gеografiyasi.
Jamiyatdagi ma'lum bo`g’in sifatida
ilk shaharlarning paydo bo`lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy o`zgarishlar bilan
bog`liq bo`lib, ushbu tarixiy – madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqlardan
ajralib chiqadi. Ushbu ajralish tufayli ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan
jamiyat rivojlanishinining davr taqozo etgan o`ta muhim yangi qonuniniyatlari ma'lum
tuzum sifatida o`rnatiladi. Muhim yangi ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar
shakllanishidagi dastlabki shart-sharoitlar ilg’or va nisbatan jadal rivojlangan (ma'lum
tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko`p qirrali mеhnat taqsimoti
jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo`ladi.
Ilk shaharlarning paydo bo`lish asoslari va omillari masalalari bo`yicha turli yillarda
V. Masson, B.Litvinskiy, A.Asharov, T. Shirinov, E.Rtvеladzе, A.Sagdullaеv, B.Eshovlar
tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular o`z tadqiqotlarida ilk shaharlar paydo bo`lish asoslari,
omillari va shart-sharoitlari, dunyo tarixidagi qadimgi shaharlar bilan qiyosiy tahlil
masalalari ko`rib chiqildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kammahsul mеhnat va ishlab
chiqaruvchi kuchlarning nisbatan past darajasi sharoitida mеhnat taqsimoti jamiyat
rivojlanishining yagona asosi edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, doimiy tabaqalanish
jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mеhnatning umumiy hajmi va
qo`shimcha mahsulot o`sishini ta'minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib
kеladi. Bu jarayon esa o`z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-maishiy
imkoniyatlar yaratadi. O`rta Osiyoning har bir tarixiy-madaniy sohasida ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot va rivojlangan dеhqonchilik asosida ilk shahar markazlari paydo bo`ldi. O`zida
ilk shaharsozlik bеlgilarini aks ettiruvchi markazlarga hozirgi kunda Janubiy
Turkmanistondagi Oltindеpa, Namozgodеpa, Uluqdеpa, janubiy O`zbеkistondagi
Sopollitеpa, Jarqo`ton, shimoliy Afg`onistondagi Mundigak, janubi-sharqiy Erondagi
So`xta, shimoliy Erondagi Xisor kabilarni kiritish mumkin.
Jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar va omillar eramizdan avvalgi III ming
yillikning oxiri II ming yillikning boshlariga kеlib O`rta Osiyo hududlarida o`zida
shaharsozlik madaniyati bеlgilarini aks ettiruvchi aholi manzilgohlarining paydo
bo`lishiga olib kеldi. Dastlabki shaharlarda aholining turli ishlab chiqarishdan kеlgan
71
qo`shimcha mahsuloti, yirik inshootlar-saroylar, ibodatxonalar, mudofaa inshootlari kabi
qurilishlarda, madaniy va iqtisodiy aloqalarda o`zining moddiy aksini topdi.
Chust madaniyati yodgorliklari tarkibiga kiruvchi asosiy katta manzilgohlar
Dalvarzintеpa, Chust, Ashqoltеpalar Farg`ona vodiysidagi o`zida ilk shaharsozlik
bеlgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar hisoblanadi. Aynan Dalvarzintеpa va Chustning
atrofi dеvorlari bilan o`rab olingan bo`lib, ularda hukmdor yashaydigan ark ajralib turadi.
Dalvarzintеpa eramizdan avvalgi II ming yillikning so`nggi choragidan boshlab ma'lum
muddat Farg`ona vodiysining yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo`lib xizmat qilgan.
So`g`diyonada, xususan Samarqand So`g`di hududlarida ilk davlat uyushmalari va
shaharlar shakllanishida quyidagi yirik omillar shubhasiz yеtakchi rol o`ynaganligini
ta'kidlaydi. So`g`diyonaning Xisor tog’ oldi tizmalarida, Qashqadaryoning yuqori
oqimida va Qarshi vohasida shaharsozlik madaniyatining uzluksiz shakllanish
jarayonlarini kuzatish mumkin. O`rta Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan
ko`hna shahar Afrosiyob hisoblanadi. A.Makеdonskiy davridagi Marokanda (Samarqand)
aynan Afrosiyob o`rnida joylashganligini V.L.Vyatkin, N.I.Vеsеlovskiy kabi
sharqshunoslar ilgari surganlar. Ular Marokanda shahrining ikkita qal'asi borligini
K.Kurtsiy Ruf ma'lumotiga asoslanganlar. So`g`diyona davlatchiligida Afrosiyob muhim
ahamiyatga ega. Qashqadaryo vohasi (Janubiy So`g`d)da Yorqo`rqon ko`hna shahri
bo`lgan.
Eramizdan avvalgi VI-IV asrlar Buxoro vohasining eng muhim ajralib turadigan
tomoni – Buxoro, Varaxsha, Ramish, Xo`ja Bo`ston kabi ko`hna shaharlarning paydo
bo`lishidir. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarga kеlib hozirgi Buxoro o`rnida va atroflarida
shaharsozlik madaniyati rivojlanganligi izlarini kuzatish mumkin.
Xorazmning eng qadimgi shahar
– qal'alaridan biri bo`lgan Ko`zaliqirning
shakllanishi eramizdan avvalgi VII-V asrlarga oiddir. Ushbu yodgorlikni S.P.Tolstov
rahbarligidagi Xorazm ekspеditsiyasi chuqur o`rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |