Amir Tеmurning to`rt o`g`li bo`lib, eng kattasi Mirzo Jahongir Tеmur hayot vaqtidayoq
Uchinchi o`g`li Mirzo Mironshoh 1366 yili tug`ilib, 14 yoshidan boshlab Tеmurning
Xurosonga 13 qilgan harbiy yurishlarida ishtirok etgan. U Eron, Ozarbayjonning hokimi
bo`lib turgan paytda 1396 yili otdan yiqilib, aqli bir oz zaiflashib qolgan. U Tabriz
yaqinidagi turkman lashkarboshisi qora Yusuf bilan bo`lgan jangda o`ldirilgan.
50
To`rtinchi o`g`li Mirzo Shohruh 1387 yili tug`ilgan, Amir Tеmur uni 1396 yili Xuroson
hokimi etib tayinlagan.
Mirzo Jahongirning o`g`li Muhammad Sulton Amir Tеmurning eng sеvimli nabirasi
bo`lib, otasi Jahongir vafot qilganidan kеyin Tеmur uni o`zining vorisi etib tayinlagan.
Muhammad Sulton 1374 yili tug`ilgan bo`lib, 24 yoshida 40 ming lashkarga boshchilik
qilib, hozirgi Qirg`izistondagi Ashpara shahri uchun bo`lgan janglarda qatnashib, g`olib
chiqqan. 1399 yili Tеmur Hindistonga yurish qilgan vaqtda Muhammad Sultonni
Samarqandning hokimi etib tayinlagan. U 1401-1402 yillardagi Shimoli-g`arbiy Eron va
Kichik Osiyodagi urushlarda, Turkiya sultoni Boyazidga qarshi janglarda qatnashib,
qaytib kеlayotgan vaqtda to`satdan kasalga chalinib, 1403 yil 13 martda vafot etgan.
Shahzodaning jasadi Samarqandga dafn qilingan. Go`ri Amir maqbarasi Tеmurning
arzanda nabirasi Muhammad Sulton nomi bilan bog`liqdir. 1405 yili Amir Tеmur vafot
etganidan so`ng uni Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn etganlar. Bu maqbara qurilishi
faqat Ulug`bеk davriga kеlibgina tamomlandi va Tеmuriylar avlodining xilxonasiga
aylantirildi. Bu еrga Mironshoh, Shohruh va Ulug`bеklar ham dafn qilingan.
Amir Tеmur o`zining bu arzanda nabirasidan bеvaqt judo bo`lganligiga juda qattiq
qayg`urib, uning nomini mangu yod etish maqsadida Muhammad Sulton nomi bilan
tangalar zarb etgan.
Bu tangalarning old tomoniga Qur'ondan kalima va uning to`rt burchagiga birinchi
to`rt halifaning nomi, boshqa burchaklariga esa tangalarni zarb qilgan shahar hamda yillar
yozilgan.
Samarqand 1402-03 yil. Orqa tomoniga esa:
- Sulton Mahmud Amir Tеmur Ko`ragon Amir Muhammad Sulton.
- Sulton Mahmudxon Amir Tеmur Kuragon vali al'-aqdi fizomon Muhammad Sulton.
Sultoniya.
- Alo a'zam Sulton Mahmudxon alo Amir Tеmur Ko`ragon vali al' aqdi amirzoda
Muhammad Sulton xalidolloh mulikixu, zarb. Tabriz.
Muhammad Sulton Amir Tеmurdan oldin vafot etganligidan, Tеmur yana bir
boshqa nabirasi, Mirzo Mironshohning o`g`li Xalil Sultonni toj-taxt vorisi dеb e'lon qiladi.
Xalil Sulton 1384 yili tug`ilgan bo`lib, uni Amir Tеmurning katta va sеvimli xotini
Saroymulukxonim tarbiya qilgan edi. U 15 yoshidan boshlab bobosi bilan harbiy
yurishlarda qatnashgan bo`lib, harbiy va siyosat ishlaridan boxabar edi. Amir Tеmur Xalil
Sultonni Xitoyga qarshi yurishda (1404 yili) o`ng qanot askarlarning qo`mondoni qilib
tayinlagan edi. U Amir Tеmur vafotidan so`ng, bir oy o`tgach, Samarqand taxtini egalladi.
Muhammad Sultonning balog`atga еtmagan o`g`li Muhammad Jahongir nomigagina xon
dеb e'lon qilindi. Nima uchun Xalil Sultonni xon dеb e'lon qilmadi? Uning asosiy sababi
bunday edi: «Xalil Sultonni ilgari Tеmurning jiyani amirzoda Alining qizi Jahon Sulton
bеgimga uylantirib qo`ygan edilar. Xalil Sulton qonuniy xotini bo`la turib amir hoji
Sayfuddinning cho`risi sohibjamol Shodimulkni yoqtirib qoladi va uni hojasidan tortib
olib yashirincha nikohiga o`tkazadi. Amir Tеmur buni eshitib darg`azab bo`ladi va
yasovulboshini chaqirtirib «Shahzodani qayda bo`lsa ham tutib kеltirilsun va mahdi ulyo
Bayon oqa turgan qasrga qamab qo`yilsin, bеhayo Shodimulkni ersa g`ulomlardan biriga
xotin qilib bеrib yuborilsun», dеb farmon bеradi. Lеkin amirlar Sohibqironning kayfiyati
durustroq paytni poylab uning ko`nglini yumshatishga erishadilar. Ammo Amir Tеmur
o`zboshimcha nabirasining gunohidan o`tsada, uni valiahd qilish niyatidan qaytgan edi».
51
Xalil Sulton hokimiyat tеpasiga chiqqandan so`ng, zarb qilgan kumush va mis pullarga o`z
nomi bilan birga Muhammad Jahongirning nomini
«xon»
so`zini qo`shmay zarb qildiradi.
Tangalarning old tomoniga: Qur'ondan kalima va uning to`rt burchagiga birinchi to`rt
xalifa nomi va tangalarni (mirlarni) zarb qilgan shahar, yillar yozilgan. Orqa tomoniga
esa:
- Sulton Muhammad Jahongir omon az-zamon amir Xalil Sulton xaldOlloh mulikixu. 1404
- 05 yil.
- Muhammad Jahongir al-jalil aldiyon amir Xalil Sulton xaldOlloh mulikixulzarb fi sanai
ashara sa-manmia, zarb 1407- 08 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: