Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari mavzusini o’qitish
metodikasi.
3.1 “Urbanizatsiya jarayoni va shaxarlarning rivojlanishi” mavzusini
o’qitishda mintaqaviy tafovvutlar masalasini yoritish.
Bugungi kunda pedagogik texnologiya asosida, qaysikim о‘quvchilarning
mustakil fikrlash, ijodiy faoliyat kо‘rsatishlariga e’tibor kuchayganda о‘quvchi
ta’lim sub’ktiga aylangan bir davrda muammoli о‘qitishning ahamiyati kuchaydi.
Zero muammoli ta’lim ilmiy bilish, pedagog tomonidan yaratilgan muammoli
vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan о‘quvchining mustakil faoliyati, ijodiy
qobiliyatini о‘stirish orqali о‘quv natijalarini maqsadli о‘zlashtirishga qaratilgan
ta’limdir. Muammoli ta’limni tashkil qilish yordamida о‘quvchining tadqiqot,
о‘quv-biluv faoliyatini yо‘lga kо‘yish va shu asosida о‘quv predmetidagi
ma’lumotlarni, xulosalarni mustaqil tahlil kilish yangi bilimlarni ijodiy mushohada
qilish, xulosa chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladi.
Biz o’rganayotgan bitiruv
malakaviy ishi mavzusi bo’yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf Jahon
iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi darsligida “Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning
rivojlanishi” mavzusini o’qitishda mintaqaviy tafovutlar masalasini muammoli
ta’lim texnologiyasi metodlaridan foydalanib, tashkil etilganda yuqori samara
beradi. Muammoli о‘qitishda о‘quvchi faoliyatining mazmuni shundan iborat
bо‘ladiki, u eng murakkab tushunchalarni, faktlarni tushuntira borib zarur
daqiqalarda muammoli vaziyatni vujudga keltiradi va muammoni hal qiladi.
Muammoni yechishga о‘quvchining о‘zini yо‘llaydi. Oqibat, natijada о‘quvchilar
faoliyati shunday tashkil qilinadiki, bunda ular faktlarni tahlil kilish orqali mustaqil
ravishda xulosa chiqaradilar, umumlashmalar hosil qiladilar. Jahon iqtisodiy-
ijtimoiy geografiya fanini о‘qitishning muammoli, faol metod va usullari bilan bir
qatorda geografik о‘yin darslarini keng kо‘lamda qо‘llanilishi o’quvchilarning
darsga bo’lgan. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani о‘qitishda о‘yin darslarini
tashkil etish bir qator vazifalarni bajaradi:
1.
О‘quvchining ijodiy faoliyatini shakllantiradi.
2.
Muammolarni kо‘ra bilishga о‘rgatadi.
65
3.
Mustaqil fikrlash qobiliyatini о‘stiradi.
4.
О‘z-о‘zini boshqarish hususiyatini о‘rgatadi va hokazo.
Bu holat hozirda butun bir ta’lim jarayonini qamrab olmoqdaki, buning asosiy
sabablaridan biri mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
kо‘zlangan aniq natijaga erishishni kafolatlaydi. Dars mazmunidan kеlib chiqqan
хоlda uning vazifalari ham bеlgilanadi. Dars vazifalari o`quvchilarga aniq
еtkazilishi lоzim. Ular darsda nimalarni egallashlarini tasavvur qila оlsalargina
ko`zlagan maqsadga erishishi mumkin. Dars vazifalari o`quvchilarga qisqa va aniq
hоlda bеrilishi kеrak. Masalan: IX sinfda "Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning
rivojlanishi"
mavzusida
о‘tkaziladigan
dars
mashg‘ulotini
о‘qitishning
noan’anaviy usullaridan «Tarmoqlanish usuli» (klaster)dan foydalanib, о‘tish
mumkin. Mashg‘ulotni boshlashdan avval guruhdagi o’quvchilarni qur’a tashlash
yо‘li bilan kichik guruhlarga chizmada kо‘rsatilgandek bо‘lib olish maqsadga
muvofiq:
Muammoli darslar ko’pincha “Tafakkur bo`roni”, “Miyaga hujum”, “Fikrlar
to`qnashuvi”, “Fikrlar jangi”, “Aqliy hujum” nomlanadi. Hozirda ko’pincha
darslarda aqliy hujumdan ko’p foydalaniladi. “Aqliy hujum” quyidagicha tashkil
etiladi:
1 Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilardan teng sonli kichik
guruhlarni shakllantirish;
2. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv topshiriqlarini
tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
3. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish.
4. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini
tinglash.
5. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish
6. Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum”da o`quvchilar avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo`llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat
66
usullarini egallaydi. O`quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi
ularda ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
Quyida biz “Urbanizarsiya jarayoni va shaxarlarning rivojlanishi”
mavzusida o`tkazilgan muammoli darsning borishini yoritamiz.
Darsning tashkiliy qismidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarni teng sonli guruhlarga
ajratadi va har bir guruh sardorini belgilaydi. O`quvchilarning faoliyatini bilishga
yo`naltiruvchi bir nechta muammoli savollar yozilgan quyidagi kartochkalarga
qaratadi:
1. Atlasdan foydalanib, millioner shaharlarni nomini hududlar miqyosida
toping?
2. Jahonda mavjud shahar aglomeratsiyalarini eng yirigidan boshlab yozing?
3. Jahon mamlakatlari Urbanizatsiya darajasiga qarab nechta guruhga bo’linadi?
4. Megasiti tushunchasiga ta’rif bering?
Guruhdagi o`quvchilar shu savollar yuzasidan maslahatlashib, o`z fikrlarini
umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi.
O`qituvchi guruhlar bayon etgan fikrlarni umumlashtirish dars yakunida amalga
oshirilishini e`lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan kartochkalarni
tarqatadi:
1. Ekologik vaziyati murakkab bo’lgan region va shaharlarni aniqlang.
a) Qanday omillar ta’sirida vujudga kelgan?
b) Qanday chora-tadbirlar qilinmoqda?
v) Sizningcha qanday ishlarni amalga oshirish zarur? Javobingizni izohlang.
O`quvchilar guruhi biz savollarga javob topgandan so`ng, o`qituvchi o`quvchilar
diqqatini megasity va megalapolis tushunchalariga qaratib, bu ikki tushuncha
o`rtasida aloqadorlikni izohlab berishni ta`kidlaydi. Shundan so`ng shaharlarning
mintaqaviy tafovutlari bo’yicha o`rganishga kirishiladi. O`qituvchi o`quvchilarga
avval o`zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib, quyidagi jadvalni to`ldirish
va izohlashni topshiradi.
67
Qit’alar
Millioner shaxar
Aglomeratsiya
Megasiti, Meglapolis
O`qituvchi shaharlarning hududiy tafovutlari yuzasidan o`quvchilar javobini
baholab, ularning diqqatini aholi soni bo’yicha jahondagi eng yirik shaharlarga
qaratadi:
№ Davlatlar
Shaharlar nomi
Aholisi soni (mln. kishi)
O`quvchilar jadvalni to`ldirib, javoblarini izohlaganlaridan so`ng, o`qituvchi
o`quvchilarning diqqatiga quyidagi savollarni havola etadi:
1.
Hozirgi zamon urbanizatsiyasiga xos birinchi jihat mazmuni nimadan
iborat?
2.
Ekologik vaziyatlar murakkab bo’lgan region va shaharlarni aniqlang va
sababini izohlang.
Siz qanday fikrlarni bildirasiz? Sizningcha yana qanday chora-tadbirlarni
amalga oshirish mumkin?
O`quvchilar javoblaridan so`ng, o`qituvchi darsni umumiy yakunlaydi. Faol
ishtirok etgan o`quvchilar reyting asosida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |