Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


XORAZM MA`MUN AKADEMIYASI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#347112
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Bog'liq
Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси

XORAZM MA`MUN AKADEMIYASI 
Ma`mun  akademiyasining  1000  yilligi  «
Ma`naviyati  tiklash,tug`ilib  o’sgan  yurtini  o’zini 
boshqalardan  kam  sezmay,boshini  baland  ko’tatarib  yurishi  uchun  insonga  albatta  tarixiy  xotira 
kerak» 
I.Karimov
.
1
 
Ma`lumki,  O‘zbekiston  hududi  qadimgi  sivilizatsiya  maskanlaridan  biri  hisoblanadi. 
Mamlakatimizning  har  bir  go‘shasi  insoniyat  tarixi  haqida  hikoya  qiluvchi  muhim  manba 
hisoblanadi.  Biror  bir  tarixiy  bosqich  yo‘qki  u  jahon  madaniyatiga  benazir  hissasini  qo‘shmagan 
bo‘lsin.  Agar  mamlakatimiz  hududida  insoniyat  paydo  bo‘lganiga  1.2  mln.  yil  bo‘lgan  bo‘lsa, 
demak e`tirof etish lozimki, madaniyat va san`at tarixi ham shuncha davrni o‘z ichiga oladi. 
Jahon  madaniyati  silsilasida  Xorazm  madaniyati,  xususan,  Xorazm  Ma`mun  Akademiyasi 
tarixining o‘rni beqiyos.  
"Bundan  ming  yil  muqaddam,  -  degan  edi  I.Karimov  -  odamzod  tarixidagi  ilk 
akademiyalardan  bo‘lmish  -  Ma`mun  Akademiyasi  Xorazm  zaminida  tashkil  topgani  bilan  har 
qancha  faxrlansak  arziydi,  albatta.  Xorazm  va  Xiva  zaminida  Pahlavon  Mahmud,  Sulton  Vays, 
Nosiriddin  Rabquziy,  Sulaymon  Baqirqoniy,  Bahouddin  Valad  va  uning  buyuk  Jaloliddin  Rumiy, 
Abulqosim  al-  Xorazmiy,  Ismoil  Jurjoniy,  Sirojiddin  Sakkokiy,  Munis,  Ogahiy,  Bayoniy,  Safo 
Muqanniy,  Chokar,  Sheroziy,  hojixon,  Bola  baxshi  kabi  o‘nlab  va  yuzlab  allomalar,  shoirlar  va 
san`atkorlar nomini biz - bugungi avlod vakillari cheksiz ehtirom bilan tilga olamiz va boshimizga 
ko‘taramiz". 
Darhaqiqat,  o‘zbek  xalqi  juda  ko‘hna  va  boy  milliy-madaniy  merosga  ega  ekanligiga 
Xorazm  Ma`mun  Akademiyasi  guvohlik  berishi  mumkin.  Mamlakatimiz  Prezidenti  Islom 
Karimovning "Xorazm Ma`mun Akademiyasini qaytadan tashkil to‘qrisida" (1997 yil 11 noyabrda) 
gi farmonida ham ushbu masalaga alohida e`tibor berilgan. 
Xo‘sh, Xorazm Ma`mun Akademiyasining paydo bo‘lishi rivojlanishi qay tarzda ro‘y berdi. 
Bundan ming yil muqaddam Xorazm yurtida ilm-fanning gurkirab rivojlaniishi uchun shart-sharoit 
yaratilish jarayoni qanday sodir bo‘ldiq  
Ushbu  savollarga  javob  topish  har  bir  fuqaroda,  ayniqsa  yoshlarda  Vatanga,  millatga, 
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosga nisbatan mehr-muhabbat va faxrlanish 
his-tuyqusini  uyqotadi.  Qolaversa,  milliy-madaniy  merosga  nisbatan  to‘g‘ri  munosabatni 
shakllantirish millatning kelajagi, uning taqdiri uchun juda zarurdir. 
Xorazm  Ma`mun  akademiyasiga  1004  1005-yillarda  asos  solingan.  Ushbu  ilm  maskani 
Markaziy  Osiyodagi  ilk  akademiya  hisoblanadi.  Akademiyaning  "Ma`mun"  deyilishining  sababi 
Ma`muniy xorazmshohlar davrida (997-1017 yillar) ularning homiyligida tashkil qilingan va amaliy 
ish olib borgan. Akademiya 1017-yilda o‘z faoliyatini to‘xtatishining sababi Xorazmshoh Ma`mun 
ibn Ma`munning isyonchilar  tomonidan oldirilishi bo‘ldi. 
Xorazm  Ma`mun  akademiyasida  ilm-fanning  barcha  sohalari  bo‘yicha  tadqiqot  va 
izlanishlar  olib  borilgan,  juda  ko‘p  manbalar  to‘plangan,  tarjimonlik  ishlari  bajarilgan  va    hind, 
arab, yunon olimlarining ishlari o‘rganilgan. 
Akademiya  jahon  ilmiy  tafakkuri,  madaniy  va  ma`naviy  taraqqiyotining  benazir  hodisasi 
sifatida  tarixda  chuqur  iz  qoldirgan.  Jahon  sivilizatsiyasi  tarixida  bunday  an`analar  qadimiy 
ildizlarga egadir. Aflotun akademiyasi "bog‘ suhbatlari" olimlarning turli mavzular bo‘yicha bahs-
munozaralari shaklida amal qilgan bo‘lsa, keyingi davrlardagi ilmiy markazlar olimlarning doimiy 
ish olib boruvchi  uyushmalariga aylangan. 
Aynan Xorazm yurtida Ma`mun akademiyasining faoliyat ko‘rsatishiga bir qancha sabablar 
turtki bo‘lgan edi. Birinchidan, Xorazm vohasi qadimdan ajdodlarimiz uchun  hayol beshigi bo‘lib 
kelgan, bu voha buyuk Amudaryo tomonidan tinimsiz ravishda  to‘yintirib kelingan serhosil tuproqi 
bilan dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan o‘lkaga aylangan 
                                                           
1
 .И.А.Каримов, Тарихий хотирасиз келажак йў
қ



 
95 
Ikkinchidan,  manbalarda  qayd  etilgan  etnos  miloddan  avvalgi  ikkinchi  ming  yillikning 
so‘nggi  choragidayoq  qadimgi  Xorazmda  Xorazmiy  nomi  bilan  shakllangan  edi,  Bu  etnos  o‘sha 
davrdan boshlab hududiy va til birligi jihatidan uyushgan xalq edi. 
Uchinchidan,  qadimiy  Xorazmda    dehqonchilik  madaniyati  va  davlatchilik  jarayonlari 
shaharsozlik madaniyati bilan uyqun holda rivoj topdi. Jonbosqal`a, Govurqal`a, qo‘yqirilganqal`a, 
Tuproqqal`a,  qirqal`a,  Ayozqal`a,  Teshikqal`a,  qo‘rqoshinqal`a,  shimoliy-sharqiy  mintaqada  esa 
Devsolganqal`a,  Xozarasp,  Badirkent  va    boshqa  o‘nlab,  yuzlab  ulug‘vor  qadimiy  shahar  va 
qo‘rqonlarning vujudga kelishi Xorazmda buyuk sivilizatsiyaning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. 
To‘rtinchidan.  Xorazm  Ma`mun  akademiyasiga  asos  solinishiga,  yana  mahalliy  aholi 
madaniyati,  ayniqsa  yozuv  madaniyati  katta  ijobiy  ta`sir  ko‘rsatdi.  Ma`lumki,  qadimgi  Xorazmda 
yozuv  va  yozuv  madaniyati  miloddan  avvalgi  birinchi  ming  yillikning  ikkinchi  choragidan 
boshlangan  dastlabki  bosqichidayoq  alifbo  tizimida  shakllangan.  Yozuv  madaniyatining  yuksak 
darajaga ko‘tarilishi esa Xorazmda ilmiy tafakkur taraqqiyotiga xizmat qilgan. 
Beshinchidan,  Xorazm  Ma`mun  akademiyasining  paydo  bo‘lishi  va  shakllanishiga  "Ipak 
yo‘li" doirasidagi xalqaro aloqalar, turli xalqlarning madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
jihatdan yaqinlashuvi ham ta`sir ko‘rsatdi. Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Gurganch butun 
Markaziy  Osiyoda  yirik  iqtisodiy,  siyosiy  markazlardan  biriga  aylandi.  Xuroson,  Movarounnahr, 
hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar karvonlari shaharda to‘xtab, Ustyurt orqali Volga bo‘yiga 
chiqib, qora dengiz atrofiga,  Yevropa tomon yo‘l olardilar.  
Ustyurtdagi  o‘sha  davrda  serqatnov  bo‘lgan  karvon  yo‘llarining  qoldiqlariga  ko‘ra,  ular 
Xorazmdan  chiqib,  ikki  tomonga  ketgan:  biri  Uchquduq,  Buloq,  qo‘shbuloq,  Belsuli  orqali 
shimoliy-qarbga,  ikkinchisi  Manqishloq  tarafga  yo‘nalgan.  Bu  yo‘llar  bo‘ylab  toshdan  tiklangan 
istehkom  va  karvonsaroylar  joylashgan.  Shuningdek,  bu  hududda  Alan  qal`a,  Shemaxa  qal`a, 
Dovkesgan  qal`a  -  shahar  xarobalari,  Urga,  qiyayo‘l,  qora-umbat,  Shibindi  soqchi  minoralari, 
Puljoy, qiyayo‘l qal`alari qoldiqlari topilgan. 
Biz  yuqorida  sanab  o‘tgan  omillar  Xorazmda  Ma`mun  akademiyasining  paydo  bo‘lishi  va 
rivojlanishi  uchun  katta  zamin  yaratdi.  Natijada,  Xorazmda  o‘sha  davrning  eng  ko‘zga  ko‘ringan 
qomusiy  olimlari,  mutafakkirlari  etishib  chiqdi.  Bulardan  tashqari,  mazkur  ilm  maskanida  boshqa 
mamlakatlardan kelgan ko‘plab olimlar ham mehnat qildilar. 
Mashhur  kimyogarlar,  tabitshunoslar,  tibbiyotchilar,  matematiklar,  astronomlar,  muhandis-
muhosib  olimlar,  mantiqshunoslar,  faylasuflar,  tarixchilar,  georaflar  ilm-fanning  deyarli  barcha 
sohalari bo‘yichà ijod qildilar. Ayniqsa, Abu Nasr Mansur Ibn Ali Ibn  Iroq al-Ja`di Abulxayr Ibn 
hammar,  Abu  Ahl  Iso  ibn  Yaxya  al-Masixi  al-Jurjoniy,  Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  al-
Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Muhammad  as-Saxri,  Abu    Abdalloh  Muhammad  ibn  Hamid  al-Xorazmiy 
kabilarning xizmati katta bo‘ldi. 
Xorazm  Ma`mun  akademiyasini  qaytadan  tiklash  bo‘yicha  mamlakatimizda  amalga 
oshirilayotgan  ishlar  milliy-madaniy  merosni  tiklash  yo‘lidagi  ulkan  sa`y-harakatdir.  Ushbu 
akademiya o‘zining  ilmiy  ahamiyati jihatidan xalqaro mavqega  ega bo‘ldi. BMTning  YUNESKO 
tashkiloti qarori bilan 2005-yilda Ma`mun akademiyasining 1000 yilligi bo‘yicha xalqaro anjuman 
o‘tkazish  taklifi  qabul  qilindi.  Mamlakatimizda  ushbu  sana  bo‘yicha  tashkil  etilgan  tadbirlarda 
ko‘plab  jahon  mamlakatlardan  olim-tadqiqotchilar    ishtirok  etdi.  Bularning  bari  Xorazm  Ma`mun 
akademiyasi, unda faoliyat ko‘rsatgan yurtimiz mutafakkirlariga bildirilgan hurmat-ehtiromdir 
O`rta  asrlarda  O‘rta  Osiyoda  buyuk  olimlar  fan  xazinasigani  bebaho  javohirlar  bilan 
boyitdilar. Maktablar ochdilar, shular shular qatoriga Xorazm maktabini keltirish mumkin. 
          X  asrning  1-yarmida  xorazm  ikki  qismga  bo‘linib,  bularning  xar  birida  mustaqil  hukmdor 
mavjud bo‘lib, Janubiy Xorazmdan Abu Abdullo Muhammad, Shimoliy qismida esa Xorazm amiri 
Ma`mun ibn Muhammad hukmdor edi. 
Bu  davrda  Xorazmning  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari  bilan  savdo  va  madaniy    aloqalari 
taraqqiy etgan umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi Xorazimning katta shaxarlari  –Qot 
va  Urganchda  ko‘plab  mashxur  olimlar  fanning  turli  soxalarida  chuqur  va  keng  ilmiy  ishlar  olib 
borar  edilar  Bu  olimlar  fan  soxasida  ensklopedist  bo‘lganlar    995-yillarga  kelib  bu  ikkala  davlat 
birlashdi  va  yagona  Xorazm  davlati  tashkil  qilindi  997-yildan  Xorazm  taxtini  usta  diplomat  va 


 
96 
tadbirkor xukmron Ali ibn Ma`mun boshqardi Ma`mun olim va shoirlarga xomiylik qildi Natijada 
Xorazmda  tashkil  qilingan  maktabni  «Donishmandlik  uyi»  yoki  «Ma`mun  akademiyasi»  deb 
nomlandi Bu akademik Marvda so‘ngra Bog‘dodda tashkil qilingan   «Donishmandlik uyi» dan 200 
yillab  faoliyat  ko‘rsatmagan  bo‘lsada  oz  vaqt  ichida  kelajakda  buyuk  kashfiyotlarni  bajaruvchi 
olimlarni jamladi Bu olimlar qatoriga Beruniy uning ustozi Abu Nasr ibn Iroq Ibn Sino uning ustozi 
Al-Masixiy    Abulxayr  ibn  al-Xammor  adib  Abu  Nasr  as-Saolixiylarni  kiritish  mumkin.  Beruniy 
973-yil 4-sentyabrda Qot shaxrida tug‘ilgan U boshlangich ta`limni o‘zi tugilgan shaxarda oladi va 
yoshligidayoq  arab  fors  yunon  suryoniy  tillarini  o‘rgandi  shu  bilan  birga  mantiq  astranomiya 
matematika  botanika    mineralogiya  fizika  va  boshqa  fanlarni  qunt  bilan  o‘rgandi.  Beruniy  grek 
yunon  olimlari  IX-X  asrlarning  mashxur  olimlari  Al-Xorazmiy  Al-Fargoniy  Sobit  ibn  Kurra    Al-
Xaziniy  Abdul  Vafo  Buzjoniylarni  asarlarini  o‘rgandi  va  ularga  sharxlar  yozdi  Beruniy  turli 
fanlarga oid 150 dan ortiq asarlar qoldirdi umrini fanga bag‘ishladi u bu xaqida quyidagicha yozadi 
«Mening xamma istaklarim butun vujudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o‘zim uchun 
eng  ulug‘  baxt  deb  bilaman»  «Kishini  tabiatini  pastlashtiradigan  yomon  axloqdan  xaqiqatni 
ko‘rishga imkon bermaydigan xislatlardan o‘zini keyingina ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin deb» 
Beruniyning  yirik  asarlari  qatoriga  «Qadimgi      xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  «Xindiston  at-
tarxim  (matematikaga  oid  asar)  «Qonuni  ma`sudiy»(astranomiya  trigonometriya  sferik 
trigonometriyaga  oid)  «Mineralogiya  dorilar  xaqida»  kabilarni  kiritish  mumkin  Olim  990  yilda 
quyoshning eng tik xolatidagi ko‘rinishini o‘rgandi. 995 yilda birinchi bor globus yaratdi 997-998 
yillarda  Ibn  Sino  bilan  yozishmalar  olib  bordi  u  saykal  funksiya  xosilasiga  asos  soldi.  Beruniy 
«Donishmandlik  uyi»  akademiyasini  boshqardi  1004-1012  yoki  1017  yil  va  buyuk  olimlarni 
maktabga  taklif  qildi.  Bu  orada  Beruniy  nafaqat  matematika  soxasida  ish  olib  bordi  balki 
mineralogik tabiatshunoslik bo‘yicha bir qancha asarlar yozadi, astranomik kuzatishlar olib boradi. 
Ayniqsa Beruniy 1004 yili  oy tutilishini tadqiq etish muxim xulosalar qilishi sababchi bo‘ldi 1005 
yilda  Xorazmshox  Abu  Ibn  Ma`mun  vafot  etdi.    Xorazm  xokimiyati  uning  ukasi  Ma`mun  Ibn  
Ma`mun ixtiyoriga o‘tdi Xorazmshox Beruniy bilan maslaxatlashib ish tutar edi Bu davrda Beruniy 
«Xorazmning  zotlari»  asarini  yozadi.  Bu  akademiyada  yirik  ensiklopedist  olim  Ibn  Sino  xam 
faoliyat  ko‘rsatgan  (1004-1011  yoki  1013)  Abu  Ali  Ibn  Sino  980  yilda  Afshona  kishlog‘ida 
(Buxoro  yaqinida)  tug‘ildi  15-16  yoshida  olim  Abu  Abdulla  Katamiy  tarbiyasini  oldi  . 
Yoshligidanoq grek-yunon olimlari   IX-Xasrda yashagan O‘rta Osiyolik olimlar ijodi bilan tanishdi 
u 16 yoshdan boshlab meditsinaga oid fanlarni o‘rgandi. Olim 400 dan ortiq asar yozgan. Bulardan 
eng yiriklari «Tib qonunlari» «Ash-shifo» (o‘rta asr fani ensiklopediyasi xususan matematika xam 
keng  yoritilgan)  «Najot»  (falsafa  mantik  fizika)  «Donishnoma  «Urjuza»  v(meditsina)  kabilardir. 
Olim noevklid geometriyasini yaratishga xam  xarakat qilgan olimlardan biridir. Uning «Ash-shifo» 
kitobidagi algebraga oid qoidalarni xozirgi tilda quyidagicha ifodalash mumkin.  
(9n±1)²Ξ1 
(9n±2)²Ξ4
 
( 9n±3)²Ξ(9n+9) Ξ9
 
(9n±1)
3
Ξ (9n+4)
3
 Ξ(9n+7)
3
 Ξ1 
(9n±8)
3
Ξ (9n+2)
3
 Ξ(9n+5)
3
 Ξ8 
 
(9n±3)
3
Ξ (9n+6)
3
 Ξ(9n+9)

Ξ9 
         Matematikani  Abu  Saxl  Masixiydan  o‘rgandi.  Ibn  sino  «Ma`mun  akademiyasi»ga  kelgan 
davrda  va  xamkorlikda  ilmiy  ishlar  qildi.  O‘sha  davrda  G‘azna  podshosi  Mahmud  ko‘p  joylarni 
bosib  olgan  va  hususan  Xorazmga  ko‘z  tikmoqda  edi  shu  maqsadda  Mahmud  Horazm  shohi 
Ma`munga maktub yo‘llaydi va olimlarni o‘z dargohida ko‘rmoqni istaganini yozadi, lekin maktub 
yetib kelmasdan oldinoq bundan darak topgan Masihiy Ibn Sinoga bu haqda habar beradi va ikkala 
buyuk olim Xorazmdan pinhona chiqib ketadi. Bu haqida Ibn Sino quyidagicha yozadi «Men uchun 
Sulton Mahmud yo‘lidagi bandilikdan ko‘ra darbadarlik afzal». Shunday qilib Ibn Sinoni «Ma`mun 
akademiyasi» dagi faoliyati tugaydi, lekin u bu yerda  juda ko‘p olimu –fozillar bilan xamkorlikda 
kelajakda buyuk kashfiyotlar qilishga zamin yaratadi. Akademiyadagi faoliyati 1017 yilda Mahmud 
G`aznaviyning Horazmning bosib olinishi bilan tugallanadi. Lekin bu  qisqa davr o‘rta asrdagi O‘rta 
Osiyo xalqlarini kelajagi uchun ham juda katta ma`naviy ozuqa berdi. 


 
97 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish