Bog'liq Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси
Karl Fridrix Gauss . Karl Fridrix Gauss 1777 yilning 30 aprelida Braunshveygdagi Vendengreben kanali
ustidagi 1550 –uyda dunyoga keldi. Uning tarjimai xoli bo`yicha mutaxxassislar fikriga ko`ra u
otasining qarindoshlaridan sog`lomlikni , onasining qarindoshlaridan yorqin intellektni meros qilib
oldi . Boshqalarga nisbatan , bo`lajak olimga tog`asi Frideriks usta-to`quvchi yaqin edi. Jiyaning
so`ziga qaraganda «unda tug`ma geniylik vafot etgan edi» . Karl Fridrix Gauss o`zi xaqila
«so`zlashdan oldin , xisoblashni bilardim » degan edi. Uxaqdagi eng erta tug`ilgan afsonada u uch
yoshida otasi g`ishtchilar bilan olib borayotgan xisoblashlarini kuzatib o`tirib , birdaniga otasining
xatosini tuzatgani aytiladi.
7 yoshida Karl Fridrix Gauss Ekaterina xalq maktabiga kirdi. U erda xisoblashni uchinchi
sinfdan boshlaganidan ,birinchi ikki yilda kichik Karl Fridrix Gaussga e`tibor berishmadi . Odatda
uchinchi sinfga o`quvchilar 10 yoshda kelar va 15 yoshgacha o`qishar edi. O`qituvchi Byuttnerga
bir vaqtning o`zida turli yoshdagi turli tayyorgarlikdagi bolalar bilan shug`ullanishga to`g`ri kelar
edi . SHu sababli u o`quvchilarning bir qismiga ikkinchi qismi bilan suxbatlashib olish
imkoniyatiga ega bo`lish uchun uzoq xisoblashga doir mashq berar edi . Bir kuni bir gruppa
o`quvchilarga ,ular orasida Gauss xam bor edi,1 dan 100 gacha bo`lgan natural sonlarning
yig`indisini topish taklif etiladi. Topshiriqni bajargan o`quvchilar o`qituvchi stoliga o`z taxtasini
qo`yish kerak edi . Taxtaning tartibi baxo qo`yishda xisobga olinar edi. Byuttner topshiriqni aytib
bo`lishi bilanoq 10 yoshli Gauss o`z taxtasini stol ustiga qo`yadi . Hammaning hayratlanishiga
sabab , faqat uning javobini to`g`riligi edi. Uning siri oddiy edi: topshiriq aytib bo`linguncha Gauss
arifmetik progressiya hadlari yig`indisining formulasini qayta kashf qilgan edi. Ajoyib bola
haqidagi ovoza kichkina Braunshveygga tarqaldi.
1788 yili Gauss gimnaziyaga o`tadi. U erda matematika o`qitilmas faqat klassik tillar
o`rganilar edi. Gauss tillarni sevib o`rganadi va shunday muvaffaqiyatlarga erishadiki xatto u
matematik bo`ladimi yoki filolog bo`ladimi bilmaydi. Gauss gertsogning homiyligi tufayli 1795
yilning oktyabrida Gettingen universitetiga kira oldi. Avval u filologiya bo`yicha lektsiyalar
tingladi, matematika lektsiyalariga deyarli qatnashmadi. Bu uning matematika bilan
shug`ullanmasligini bildirmaydi.