NEFT IDISHI - neftni yig‘ish va turboprovodlar orqali taqsimlash uchun
xizmat qiladigan katta idish.
NEFT NASOSI - neftni kondan quduqlar orqali chiqarib berishga
mo‘ljallangan nasos.
Bu nasos boshqa nasoslardan elementlarining ancha uzunligi
bilan farq qiladi. Eng ko‘p tarqalganlari tebranma dastgohlar bilan
harakatlantiriladigan
shtangali
nasoslar
va
elektr
yuritmalar
bilan
harakatlantiriladigan ko‘p bosqichli markazdan qochma nasoslardir. Bu
nasoslarning barchasi chuqurlikda ishlaydi.
NEFT OMBOR - neftni saqlashga mo‘ljallangan yer tagi ombori.
METAN - NAFTENLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida
yaqin m
iqdordagi metanli va naftenli uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neftda
aromatik uglevodorodlarning miqdori deyarli oz bo‘ladi. Bu neft tarkibida metanli
neftga nisbatan qattiq parafinning oz miqdorda bo‘lishi xarakterlidir.