Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
3.4.2. To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar 
 
To‘lov  talabnomasi  xo‘jalik  subyektlari  o‘rtasida  to‘lovlarni 
amalga  oshirishda  qo‘llaniladigan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarning 
shakli  hisoblanadi.  O‘zbekiston  tijorat  banklari  o‘rtasida  to‘lov 
talabnomalar hisob – kitoblarning qo‘llanilishi juda keng tarqalmagan. 
Buning  asosiy  sabablaridan  biri  to‘lov  talabnomalari  bilan  hisob  – 
kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf 
xarajatlar talab qiladi. 
To‘lov  talabnomasi  –  mol  sotuvchi  tomonidan  belgilangan  sum-
mani bank orqali olish haqidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob 


79 
hujjatidir. 
Talabnomalar  asosan  aktseptli  va  aktseptsiz  bo‘lishi 
mumkin.
  
Aktseptli  to‘lov  talabnomalarda  bank  avval  to‘lovchining  mab-
lag‘ni  to‘lash  haqidagi  roziligini  oladi,  so‘ngra  to‘lovni  amalga 
oshiradi.  Aktseptsizda  esa  avval  to‘lov  amalga  oshirilib,  so‘ngra 
mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.  
Tijorat  banklarining  yagona  vakillik  hisobvaraqlariga  o‘tishi 
to‘lov talabnomalari bilan amalga oshiriladigan hisob  – kitoblarni ras-
miylashtirish  va  hujjatlarning  aylanish  jarayonlarini  bir  qadar 
yengillashtirdi. 
Aktseptli to‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar. 
Ta’kidlaga-
nimizdek,  aktseptli  to‘lov  talabnomalari  sotib  oluvchining  bankiga 
kelib  tushgandan  so‘ng,  bank  dastlab  to‘lovni  amalga  oshirish 
yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan 
to‘lovchilarga  talabnomalarni  quyidagicha  aktseptlash  muddati 
o‘rnatiladi: 
 –  bir  shahar  ichida  joylashgan  mijozlar  uchun  –  talabnomalarni 
bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni; 
 –  boshqa  shaharlarda  joylashgan  mijozlar  uchun  talabnomalarni 
bankka kelib tushgan kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni; 
 – to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha. 
Aktseptlash  tartibida  to‘lanadigan  aktseptli  to‘lov  talabnomalar 
muddatini  kutayotgan  davr  davomida  to‘lovni  kutayotgan  hujjatlar 
kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.  
To‘lovchi  belgilangan  muddatda  yozma  ravishda  unga  xizmat 
qiluvchi  bank  bo‘limiga  aktseptlashni  qisman  yoki  to‘liq  rad  qilish 
huquqiga  ega  (tovar  –  material  qimmatliklarini  jo‘natishda,  xizmatlar 
ko‘rsatishda  va  boshqa  holatlarda  shartnoma  shartlariga  amal 
qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan). 
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda aktseptlashni rad 
etmasa,  talabnoma  aktseptlangan  hisoblanadi.  Talabnomani  aktsept-
lashdan  qisman  bosh  tortganda,  to‘lovchi  tomonidan  aktseptlangan 
summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisob-
varag‘ida  mablag‘lar  bo‘lmaganda  aktseptli  to‘lov  talabnomalar  2  – 
kartotekaga joylashtiriladi. 
Bunda  bank  to‘lovchi  tomonidan  aktseptlashni  qisman  rad 
qilinganligi  to‘g‘risida  mahsulot  yetkazib  beruvchining  (mablag‘ 
oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi. 


80 
Bank,  2  –  kartotekadagi  hisob  –  kitob  hujjatlari  bo‘yicha  to‘lov-
larni  amalga  oshirishda  to‘lovchilarga  penya  hisoblash  va  oluvchilar 
foydasiga  o‘tkazish  huquqiga  ega,  agar  bu  bank  va  mijoz  o‘rtasida 
tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa amalga oshiradi. 
Bank  to‘lovchilardan  mablag‘larni  oluvchilar  foydasiga  muddati 
o‘tkazib  yuborilgan  to‘lovlar  bo‘yicha  har  bir  kun  uchun  qonunda 
belgilangan miqdorda penya undiradi. 
Agar  ushbu  holat  bank  va  mijoz  o‘rtasida  hisob  –  kitob  va  bank 
xizmatlarini  ko‘rsatish  bo‘yicha  sharotnomada  belgilab  qo‘yilgan 
bo‘lsa.  
Quyidagi  shartli  chizmada  aksiyadorlik  tijorat  Agrobankning 
ikkita bo‘limi mijozlarining aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – 
kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini shartli misolda ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish