Mikrokredit
-
qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan
oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari
asosida beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul
mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun
ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikroqarz
- mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs
bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan
oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida,
shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa to‘lovlilik sharti asosida
ham beriladigan pul mablag‘laridir.
301
Do'stlaringiz bilan baham: |