Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


XIV BOB. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

XIV BOB. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI  
 
14.1. Markaziy bank mustaqilligining  
mezonlari va zarurligi  
 
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati hamda uni 
mamlakat  hududida  bo‘layotgan  iqtisodiy  jarayonlarni  tartibga  solish-
dagi  roli  haqida  munozarali  bahslar  bir  necha  marotaba  o‘ziningn 
rivojlanish  yo‘nalishlarini  o‘zgartirdi  va  buning  oqibatida  iqtisodiyot-
dagi  bank  tizimining  birinchi  pog‘onasida  real  o‘zgarishlar  bo‘lishiga 
sabab  bo‘ldi.  Bu  esa  birinchi  navbatda  davlat  boshqaruv  organlariga 
bo‘lgan  munosabatlarda  namoyon  bo‘ldi.  Mazkur  muammoni  tahlil 
etishda  asosiy  e’tibor  -  mamlakat  Markaziy  bank  siyosatining  davlat 
iqtisodiy siyosati yo‘nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrog‘i bu tobelikning 
darajasiga  bog‘liq.  Markaziy  bankning  pul-kredit  siyosati  milliy 
iqtisodiyotni  tartibga  solish  siyosati  bilan  chambarchas  bog‘liq bo‘lsa, 
bunday  bog‘liqlikni  samarali  deb  hisoblash  mumkin.  Lekin,  shu  narsa 
katta  ahamiyatga  egaki,  bu  bog‘liqlik  Markaziy  bank  tomonidan 
qanchalik  ixtiyoriy  ravishda  tuzilgan  va  u  kimga  hisobdor  va  bank 
tizimida  pul-kredit  siyosatini  tartibga  solishdagi  metodlarni  va  yo‘na-
lishlarni  tanlashda  hamda  qonun  bo‘yicha  Markaziy  bank  mustaqilligi 
darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. 
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solish-
dagi o‘rni ko‘p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy 
xususiyatlaridan  kelib  chiqadi.  Lekin,  umumiy  yo‘nalishlarni  ham 
asosiy  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarga  taqqoslagan  holda  ko‘rib 
chiqish mumkin.  
Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish  mexa-
nizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan 
iqtisodiy nazariyalar yo‘nalishlari o‘rtasida etarli darajada o‘xshashlik-
larni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda 
(keynschilar  tarafdorlari  nazariyasi  bo‘yicha)  Markaziy  banklarning 
o‘rni  kuchayadi,  tartibga  solishning  ma’muriy  metodlarini  qo‘llash 
kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi 
va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida marka-


241 
ziy  banklarning  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  bozor  mexanizmlaridan 
foydalanishga  o‘tishiga  majbur  bo‘ladilar.  Markaziy  bank  shunday 
vaziyatlarda  o‘zining  vakolatining  bir  qismini  ichki  pul-kredit  va 
valyuta  siyosatidagi  muammolarni  echish  uchun  Moliya  Vazirligiga 
beradi. 
Biroq, g‘arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko‘r-
satadiki,  Markaziy  bankning  iqtisodiyotdagi  o‘rnini  o‘zgarishiga 
subyektiv  omillar  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin,  shu  jumladan, 
hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Misol  qilib,  G‘arbiy  Yevropadagi  mamlakatlar  Markaziy  bank-
larining rolini o‘zgarishini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda bir 
qator  iqtisodchilar  70-yillarda  Markaziy  banklarning  kuchayishini  shu 
milliy  bank  tizimining  boshqaruvida  ko‘zga  ko‘ringan  hukumat  va 
halqaro  doiralarda  obro‘-e’tibori  yuqori  bo‘lgan  moliya  arboblari 
boshqarganligini ta’kidlaydilar. Buning oqibatida o‘sha davrdagi milliy 
valyuta  raqobatbardoshligiga  xavf  soluvchi  hukumatning  iqtisodiy 
chora-tadbirlariga  qarama-qarshi  “qattiq  siyosat”  qo‘llash  mumkin 
bo‘lgan edi. 
U yoki bu Markaziy bankning o‘z faoliyatidagi mustaqillik dara-
jasini  aniqlash  uchun  ularning  mustaqillik  mezoni  (belgisi)ga  xolis 
baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning musta-
qilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy 
banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-
kredit  siyosatini  tanlash  va  o‘tkazishda  davlat  boshqaruv  organlariga 
ko‘proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi. 
Markaziy  bankning  iqtisodiy  mustaqilligi  -  bu  uning  o‘z 
instrumentlaridan  o‘zi  xohlagan  yo‘nalishda  va  chegaralanmagan 
miqdorda foydalana olishiga aytiladi. 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarning  markaziy  banklarini 
turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi 
xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi. 
Umuman  olganda  markaziy  banklarning  mustaqilligini  ustun-
ligini o‘rganish tadqiqotlarida subyektiv yoki obyektiv faktorlarga baho 
berib ajratish mumkin. Masalan, subyektiv faktorlar sifatiga mamlakat 
Markaziy  banki  bilan  hukumat  o‘rtasidagi  o‘zaro  rasmiy  munosabat-
larni  hamda  Markaziy  bank  rahbarlarining  hukumat  doirasi  bilan 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko‘rsatishgan.  


242 
Chet  el  mualliflarining  tadqiqotlarida  mustaqilikning  4  ballik 
tizimi tanlangan: 1-ballga - markaziy banklarning davlat boshqaruvidan 
past darajada mustaqilligi, ya’ni to‘la qaramligi; 4-ballga - mustaqillik 
darajasi juda yuqori bo‘lgan markaziy banklar kiradi.
73
 
 
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlar 
Markaziy 
banklarining 
mustaqilligini  obyektiv  faktorlariga  baho  berishda,  masalan,  quyidagi 
mezonlarni kiritish mumkin: 

 
Markaziy  bankning  kapitalida  va  foydani  taqsimlashda 
davlatning ishtiroki; 

 
bank  rahbarlarini  tayinlash  (saylash)  dagi  tartib  va  ularning 
faoliyat  ko‘rsatishi  muddati  hamda  davlat  tomonidan  milliy  bankning 
faoliyatini nazorat qilish shakli; 

 
Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish 
darajasi; 

 
Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘rnatilgan 
qonun  bilan  to‘xtatishini  yoki  davlatning  umumiqtisodiy  yo‘nalishi 
bilan  Markaziy  bankning  pul-kredit  doirasidagi  tadbirlarni  tartibga 
solishning mavjudligi; 

 
mamlakat  Markaziy  bankining  davlat  harajatlarini  to‘g‘ri  va 
egri  moliyalashtirishni  tartibga  soluvchi  qoidaning  mavjudligi  va 
shakllari. 
Markaziy  bankning  monetar  siyosatni  amalga  oshirish  va 
faoliyatini  tashkil  etishda  mustaqilligining  ta’minlanishi  mamlakatda 
bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning 
barqarorligini  ta’minlash,  shuningdek  aholi  va  mijozlarning  bank 
tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki  to‘g‘risidagi 
qonunda “Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish 
borasida  mustaqildir.  Davlat  Markaziy  bankning  majburiyatlari 
yuzasidan,  Markaziy  bank  esa  davlatning  majburiyatlari  yuzasidan 
javobgar  bo‘lmaydi,  basharti,  ular  o‘z  zimmalariga  bunday  majbu-
riyatlarni  olmagan  bo‘lsalar  yoki  qonunlarda  boshqa  qoida  nazarda 
tutilmagan bo‘lsa”
74
, deya belgilab qo‘yilgan.  
Xalqaro  amaliyotda  Markaziy  banklarning  mustaqilligi  quyidagi 
mezonlar asosida aniqladi: 
                                           
73
  Тожиев  Р.Р.,  Жумаев  Н.Х.  Марказий  банкнинг  монетар  сиёсати:  Укув  кулланма.Т.:  ТДИУ, 
2002. 30 б. 
74
  Ўзбекистон  Республикасининг  “Ўзбекистон  Республикасининг  Марказий  банки  тўғрисида” 
қонуни. 6 моддаси. 1995. 21 декабрь. 


243 

 
pul siyosatining ochiq e’lon qilingan maqsadlari mavjudligi; 

 
hukumat 
Markaziy 
bank 
bashorat 
qilgan 
inflyatsiya 
ko‘rsatkichlarini qabul qilish tartibi; 

 
Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki 
boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi; 

 
Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi. 
Maqsadlarni  belgilashda  mustaqillik,  agar  asosiy  maqsad  yoki 
pul-kredit  siyosatining  maqsadlari  mamlakat  qonunchiligida  aniq 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, markaziy bank o‘z faoliyatini mustaqil ravishda 
belgilashi mumkin. 
Operatsion  mustaqillik,  markaziy  bank  o‘z-o‘zidan  amalga  oshi-
radigan oraliq va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, 
bu  esa  pul-kredit  siyosatining  yakuniy  maqsadlariga  erishish  orqali 
milliy  valyutaning  barqarorligiga  yo‘naltiriladi.  Markaziy  bankning 
pul-kredit  siyosatining  maqsadlarini  mustaqil  ravishda  belgilash  va 
operativ  mustaqillikka  erishish  huquqi  sifatida  joylashtirilishi,  moyil 
hukumatning  pul-kredit  siyosatiga  ta’sir  ko‘rsatish  qobiliyatini 
kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin. 
Monetar  siyosat  vositalarining  mustaqil  bo‘lishi,  o‘z  maqsad-
lariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning 
to‘liq  mustaqilligini  nazarda  tutadi.  Bu  pul-kredit  siyosati  sohasida 
tezkor  qarorlar  qabul  qilish  vakolatini  pul  hokimiyatiga  topshirish 
uchun  hukumat  (asosiy)  va  markaziy  bank  (agent)  o‘rtasida  bir  xil 
kelishuvni tuzish deganidir. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish