7.3. Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning
barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib
chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakat-
da sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir
ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14
foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyatsiyaning
salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash
maqsadga muvofiq.
1. Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib
borsada real daromadlari pasayadi
.
Natijada aholining turmush
142
darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real
qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xom-ashyo va ishlab chiqarish
xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati
yomonlashadi.
2. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar
o‘rtasida qayta taqsimlanadi
.
Kreditorlar bu borada yutadilar,
debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko‘ra “Barcha
tovarlarning bahosi surunkali o‘sib borishi, boshqacha so‘z bilan
aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir
iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”
41
.
3. Pulning moddiy boylikka almashtirish
jarayoni tezlashadi.
Aholi o‘z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho
buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga
bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi.
4. Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltiriladigan
mablag‘lar
kamayib boradi va oxir oqibat to‘xtaydi. Chunki, investitsiyalar hiso-
bidan kelgusida olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda
olinadi.
5. Aholining barcha shakldagi pul jamg‘armalarining
(omonat,
naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib
ketadi. Shuningdek, korxonalarning jamg‘armalari, asosan amortizat-
sion fondlarining qiymati inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy
vositalarni yangilash hamda rekonstruksiya qilishga imkoniyat
qolmaydi.
6. Omonatlar bo‘yicha foizlar miqdorining tushib ketishi
. Foizlar
nominal ko‘rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi.
Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib,
mablag‘larning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.
7.
Mikroiqtisodiy
darajada
ishlab
chiqarishga
bo‘lgan
manfaatdorlik yo‘qoladi
,
buning natijasida korxonada yangi ilmiy
texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini
rag‘batlantirish pasayadi.
8. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari
markazlashadi.
Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida
muomalada xorijiy valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat
iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi.
41
Милль Дж. С. Основы политической экономики. М.: Прогресс, 1992. Т.2. С. 309.
143
9. Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi
,
ishonchliligi, barqa-
rorligiga shubha tug‘iladi.
Natijada aholining davlat tomonidan olib
borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi
pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |