Kutilmagan inflyatsiya
iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda
tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va
boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Ochiq inflyatsiya
mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini
ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat
tomonidan e’tirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga
tegishli chora – tadbirlar amalga oshiriladi.
Yopiq inflyatsiya
sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy
ravishda pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati
joriy etiladi. Yopiq inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real
inflyatsiya darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.
Talab inflyatsiyasi
sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab
chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning
natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |