III bob. UYG‘ONISH DAVRI MUSIQA SAN’ATI
Bu davmi aynan “Uyg‘onish” (
Renessam)
nomi bilan qayd
etilishiga nima sabab boigan?
Avvalo “Uyg‘onish” deganda, o‘rta asrda jamiyatni mudrab
yotgan ongi uyg‘onishi, antik davr san’ati va ijtimoiy hayotning qayta
jonlanib tiklanishi, kuch-quwatga to iib , o‘rta asr zulmatidan ozod
bo‘lgan yangi davr kelishini namoyon etgan. Uyg‘onish davri buyuk
jug‘rofiy kashfiyotiari bilan dunyo haqida inson tasavvurlarini butkul
o ‘zgartirdi. Qadimdan qolib ketgan diniy qoidalardan voz kechish,
o‘z navbatida, ilm sohasining dadil rivojlanishi va gullashiga,
jamiyatda sbakllangan yangi erkin samarali iqtisodiy munosabatlar
yangicha ko‘rinishda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qadriyatlarni
rivoj topishiga turtki berdi. Asta-sekin
“gumanizm”
(humanus -
lotinchadan
insoniylik)
nomi bilan ataluvchi yangi insoniyat tafakkuri
shakllandi.
Shunday sharoitda tasviriy san'at, adabiyot va musiqa san’ati
ham gurkirab rivoj topdi. Agar o ‘rta asr musiqa san’atida muallifning
shaxsiy uslubi imkon qadar bostirilib, yo‘qqa chiqarilgan bo‘lsa, bu
davrda aksincha, uning timsoli birinchi darajaga ko'tarilib, iqtidorini
yangicha nazar bilan baholandi. M a’lumki, avvallari jamiyatda “ras-
som”, “kompozitor” kabi tushunchalar katta ahamiyat kasb etmagan.
Darhaqiqat, Rafael, Leonardo da Vinchi tasviriy polotnolariga,
Mikelandjelo haykallariga e’tibor qaratganimizda, ularda inson va
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning qadr-qimmati alohida bo‘rttirilib namoyon qilinganining guvohi
bo‘lamiz. Djovanni Pyerluidji va Palestrina, Josken Depre, Ioxaness
Okegem va Orlando Lasso musiqiy asarlari yuqori, aniq va yuksak
insoniy hissiyotlar tizimini aks etuvchi yangi davr tarovatini namoyon
etadi.
Ushbu davrda o ‘ziga hosligi bilan ajraluvchi
yangi milliy
musiqa maktablari
shakllandi. Shular qatorida
Niderland
(Frank-
flamand maktabi nomi bilan ham e’tirof etiladi) polifonik maktabi -
G. Dyufai, I. Okegem, Ya. Obrext, J. Depre, O. Lasso nomi bilan;
italyan milliy maktabi -
Dj. Palestrina, Dj. Gabriyeli;
ispan maktabi-
K. Morales va T. de Viktorirya;
ingliz maktabi
- U. Byord va T. Talis;
nemis maktabi
- X. L Xasler, L. Zenfl;
polyak maktabi -
Shamotulli
Vatslav, Lvovli Marsin, M. Zelenskiy;
chex maktabi
- Y. Turnovskiy,
K. Garant kabi kompozitorlar nomi bilan mashhur. Ushbu kompozi-
torlar ijodida cherkov va dunyoviy musiqiy janrlar, jumladan, messa,
motet, madrigal, qo‘shiq va turli xil raqslar (pavana) keng rivoj
topadi. Dunyoviy va cherkov musiqasida ko‘p ovozlikning eng
yuksak ko‘rinishi
- polifoniya
yuqori cho'qqilarga qadar ko‘tariladi.
Barokko davri musiqa madaniyati.
XVII asr va XVIII asr
boshlari musiqa tarixida katta ziddiyatlar va o‘zgarishlar ro‘y berishi
bilan belgilandi. Fransuz “Quyosh” qiroli Lyudovik XIV ning
hukmronlik davri, Angliyada Oliver Kromvel boshchiligidagi burjua
inqilobi kapitalizm davrida yangi bosqichni namoyon etdi (1642-
1660). Absolyutizmga qarshi chiqqan ijtimoiy harakat (1648-1653)
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
“fronda” nomi bilan mashhur bo‘lib, urush davri (1618-1648)
o‘zining safiga ko'plab Yevropa mamlakatlami jalb etib, nihoyat,
Vestfal tinchligi bilan yakun topdi va Gabsburglar hokimiyatini
xonavayron bo‘lishini anglatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |