Baxning klavir ijodi. “Yaxshi tem-
peratsiya qilingan k l a v i r
I.S. Baxning
prelyudiya va fugalardan tashkil topgan
“Yaxshi temperatsiyali klavir” deb nom
qozongan turkum musiqasi - ijrochilik san’atining eng yuksak
natijasi deb bejiz aytishmaydi. Uni yaratilishi jarayonida Bax o ‘z
oldiga aniq maqsad qo‘ygan - klavirda chaluvchilami barcha 24
major va minor tonalliklar bilan tanishtirish (o‘sha davrda ko‘p
belgili tonalliklar musiqa amaliyotida deyarli ishlatilmagan). Bax
musiqa cholg‘ularini yangi temperatsiyaga moslanishi qulayligini,
qadimda o‘rin olgan tabiiy tuzilmadan afzalligini ko‘rsatishga
harakat qiladi. Baxdan avval temperatsiya g‘oyasini boshqa
san’atkorlar ham qoilaganlar, masalan, Paxelbel, Matteson, biroq
82
www.ziyouz.com kutubxonasi
Baxning bu masalani ijodiy va badiiy yechimi o‘zining ko'zlagan
maqsadi va ilhomi darajasi bo‘yicha o‘zgacha bo id i.
Birinchi jildning yaratilishi 1722-yillarga, ikkinchisi 1744-
yillarga to‘g‘ri keladi, ular turli yillarda yozib olingan asarlardan iborat.
Har bir prelyudiya va fuga juftlik sifatida yuqoriga harakatlangan
xromatik gamma bo‘yicha joylashgan. Har bir tonallik o‘zining
kayfiyati va mazmunini ko‘rsatishga qaratiladi. Masalan, D-dur
prelyudiya va fugasi energik kuch va dabdabadorlik, c-moll keskin
dramatizm va patetika, h-moll qayg‘uli iztirobli kechinmalar bilan
bogiiq bo‘lsa, es-moll va b-moll qayg‘u-alam, E-dur va Fis-dur
tabiatning nozik timsollari bilan gavdalanadi, B-dur tonalligi “chaqaloq
va farishtalar” singari toza va nafosatlidir.
Baxning organ ijodi kabi, “YaTK” turg‘un polifonik turkum
namunasi bo‘lib, qismlari bir-biriga solishtiriladi: prelyudiyaning
erkin badihaligi fuganing qat’iy rivojlov tamoyillariga. Baxning
mazkur juftliklarining prelyudiyalari kompozitsion va timsoliy
doirasi bo‘yicha rang-barang. Ular orasida organ tokkatasi kabi (s-
moU, Es-dur), skripka improvizatsiyalari (D-dur), xalq-janr raqslari
(As-dur), ariyalar (es-moll, cis-moll, f-moll, g-moll), pastorallar (E-
dur), trio singari ikki ovoz “basso continuo” uchun namunalar
uchraydi (h-moll). Ko‘plab prelyudiyalar invensiyalami eslatadi -
ikki ovozli (Cis-dur, F-dur, a-moll, fis-moll) va uch ovozli (E-dur,
gis-moll, A-dur, H-dur).
Shakl bo‘yicha prelyudiyalar ikki guruhga ajratiladi:
I - erkin rivojlangan “sokin yoyilgan” fakturali asarlar (masalan,
prelyudiya C-dur, c-moll, D-dur), ularga badihalik xos b o iib , aynan
yakuniy qismlarda yorqin ifodasini topadi (erkin passajlar, tembr
o ‘zgarishi, rechitativlar - sokin badihalikda m aiu m burilish
yasaydi).
II - qadimgi ikki qismlik shakliga bo'ysungan shakllari (ma
salan, prelyudiya es-moll, g-moll).
Fugalar ham Baxning katta ijodiy fantaziyasidan darak beradi.
Har biri o'zining qiyofasiga ega b o iib , bu qiyofa o ‘ziga xos mavzu,
xarakteri, rivojlanish tamoyili, ovozlar soni va ulami o‘zaro
aloqadorligi bilan belgilanadi. Ayrim fugalar “stretto’ii. mavzularga
boyiigi bilan tavsiflanadi (C-dur, cis-moll, d-moll, es-moll, g-moll,
b-moll), ayrimlarda esa “stretto”lar umuman o ‘rin olmagan (c-moll,
83
www.ziyouz.com kutubxonasi
D-dur, B-dur, h-moll). Ba’zi fugalarda intermediyalami ahamiyati
nihoyatda katta (c-moll, D-dur), boshqalarda esa ular yo‘q (C-dur).
Polifoniyaning murakkablik darajasi Bax turkumida fugalami
ovozlar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, b-moll fugasi besh ovozli
bo‘lsa-da, unchalik murakkab emas, biroq uch ovozli es-moll
fugasida o ‘ta murakkab mahoratni talab etuvchi polifonik usullar joy
oigan. “YaTK” prelyudiya va fugalarni mazmunini ochishda
protestant xorallar va ramziy timsollami ahamiyati muhirn. Shu bois,
Baxning zamondoshlari uning musiqasining aniq til ma’nosini tu-
shunib olishgan. Ko‘plab musiqachilar (A. Shveytser, B. Yavorskiy,
M. Yudina) uning ichida pinhona aks etilgan bibliya voqealari,
ramziy ma’nolarni borligini namoyon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |