Dangasalikning asl ildizini ochib ko`rish kerak.
Yana sabab ortidagi
sababni qidirib topish lozim. Misol uchun, dangasalik kasaliga
chalinishingizga turli xil sabablar bo`lishi mumkin. Masalan, siz qilib
turgan ishingiz natija bermasligidan qo`rqishingiz mumkin yoki siz u
ishni umuman yoqtirmasligingiz mumkin. Agar u ishdan zerikib
qolgan bo`lsangiz, organizm butunlay bu ishga qarshilik ko`rsata
boshlaydi. Bilsangiz, bizning miyamizni ikki xil funksiyasi bor:
og`riqdan qochish hamda rohatga intilish. Iloji boricha, biz o`zimizga
rohat beradigan ishlarni qilishga harakat qilamiz, og`riq beruvchi
ishlardan qochamiz. Siz sizga rohat beradigan ishni ertaga surasizmi?
Yo ertaga kompyuter o`ynayman, deysizmi? Yoki sevimli
teleserialimni ertaga tomosha qilarman, bugun charchadim, deysizmi?
Yo`q, albatta! Demak, sizning ishingizdan maza ketgan. Bu asl
sabablarning sababi hisoblanadi. Endi bu yerda nima qilishimiz
mumkin. Biz o`zimizni qo`lga olib, miyamizni boshqarishni
boshlashimiz lozim. Biz qiladigan ishimizni sun`iy rohat emosiyasini
hosil qilgan ravishda qilishimiz lozim. Tasavvur qiling, siz qilayotgan
ish sizga rohat beradi, shunday rohat beradiki, siz unda voz kecha
olmaysiz, bu yerda siz biroz fantaziyangizdan foydalanishingizga
to`g`ri keladi. Tasavvur qiling, ertaga siz shu erinib turgan ishingiz
bilan shug`ullanasiz va rohat bilan shug`ullanasiz hamda siz hozir shu
ishni qilmayotganingizga afsuslanyapsiz, aynan hozir undan rohat
olmayotganingizga afsuslanyapsiz, sizni ertaga juda ham ulkan rohat
kutmoqda;
c)
Agar siz umuman kuchli dangasa bo`lsangiz, unda siz o`zingizni aldash
strategiyasidan foydalanishingizga to`g`ri keladi. Tasavvur qilaylik,
siz til o`rganmoqdasiz. Lekin hamisha ertaga surib yurasiz, siz
shunchaki u ishni qilishni ich-ichingizdan xohlamaysiz. Endi e`tibor
qiling, siz ertalab turdingiz, til o`rganishni xohlamayapsiz, lekin
o`zingizga aytasiz, kel bir betgina o`qiyman, so`ng yana maza qilib
yumshoqqina divanimda televizor ko`rib o`tiraveraman deysiz. Bir
betga miyangiz vahima qilmaydi. O`qiysiz, so`ng qarasangiz, juda
oson, kel mayli yana bir bet o`qiyman, deysiz, so`ng yana bir bet,
38
shunday qilib o`zingizni aldab 30 bet o`qib qo`yganingizni bilmay
qolasiz. Agar bir kun ichida juda ham ulkan ish qilmoqchi bo`lsangiz,
ichingizda dangasalik revolyusiyasi boshlanadi. Agar kichik ishni
aytsangiz, u jon-jon deb rozi bo`ladi. Mana hurmatli dangasalar, sizlar
bilan dangasalikdan qutulishning uch yo`lini ko`rib chiqdik, endi esa
ishga!
2)
Do'stlaringiz bilan baham: |