Sotilmasin!


-kun. Muvaffaqiyatni davomli qiling



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#345986
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
[ @biznes kitob ] Life management

9-kun. Muvaffaqiyatni davomli qiling 

 

“Foydalanilgan karma nobud bo`ladi” 



Ustoz Vasubandu 

 

 



Sizga  shuncha  yaxshi  xabarlar  keltirdik,  ammo  bu  safar  yomon 

xabar  e`lon  qilishimga  ruxsat  bering.  Mol  sotsang,  aybini  aytib  sot, 

deganlaridek,  ushbu  strategiyaning  ham  minus  taraflari  bor,  ya`ni  bir 

donagina minus tarafi bor. 

 

 

Siz  100.000ta  mahsulotni  sotdingiz,  o`z  maqsadlaringizga 



erishdingiz, orzuingiz amalga  oshdi.  Karma o`z  vazifasini bajardi. Endi 

esa karma nobud bo`ladi. Karma faqat bir marta ishlaydi. Foydalanilgan 

karma nobud bo`ladi, ushbu karmalar sizga bir umr xizmat qilmaydi. Siz 

kimgadur  yaxshilik qildingiz, o`zingiz  g`alaba  qozondingiz, tamom  shu 

yerda karma kuchi tugadi.  

 

 



Ko`plab  yangi  qurilgan  kompaniyalar  uch  yilga  bormay  yopilib 

ketmoqda. Ko`plari xalqaro bozorga chiqishga ham ulgurmaydi. Ko`plab 

loyihalar  amalga  oshirilgach,  ular  asta-sekin  to`xtashni  boshlaydi.  Bu 

hayot qonuni, boshlangan narsa tugashi ham kerak.  

 

 

Biroq  bunga  yechim  bor!  Qanday  deysizmi?  Juda  oddiy.  Siz 



loyihangizni  boshladingiz,  hammani  muvaffaqiyatga  olib  chiqdingiz, 

karma  ekildi,  kompaniyangiz  o`sa  boshlaydi,  shu  bilan  parallel  tarzda 

karma ham o`sadi. Kompaniya muvaffaqiyatga erishadi, karma to`laqonli 

o`sib  o`zini  ko`rsatgan  vaqti  bo`ladi.  So`ng  kompaniya  asta -sekin 

qulashni boshlaydi, karma esa o`la boshlaydi. Bu holatda nima qilamiz?  

 



29 

 

 



Shunchaki, bu uslubdan yana voz kechishimizga to`g`ri keladi. Siz 

100.000ta  mahsulotni  sotdingiz  hamda  100.000$  ishlab  topdingiz. 

Boshida  ekilgan  karma  yakuniga  yetdi  va  u  hozir  qo`lingizda  pul 

ko`rinishida turibdi. Jadal ishladik, hamma foyda oldi va o`sdi. Siz ham 

natijangizga  erishdingiz.  Ana  endi  barchasi  sinib  ketmasligi  uchun,  biz 

investisiya  kiritamiz.  Olingan  foydani  10%ini  olamiz,  barcha 

yaqinlarimizu-tanish-bilishlarimizga  katta  ziyofat  qilib  beramiz,  ortib 

qolsa,  ehson  qilamiz,  yordamga  muhtojlarga  hadya  etamiz.  Shu  onda, 

yangi  karma  ekiladi.  Kutilmaganda,  ertansi  kuni  yangi  g`oya  keladi, 

karma yana o`sa boshlaydi, sizning kompaniyangiz ham o`sishda davom 

etadi.  Va  xuddi  shu  tempda  bir  umr  siz  muvaffaqiyat  ummonida  erkin 

suzib yurishingiz mumkin. 

 

 

Buni  investisiya  deyishadi,  azizlarim!  Mana  sizlar  bilan  karma 



yordamida  yangicha  biznesni  yoki  boshqa  sferalarni  rivojlantirish 

bo`yicha  100%  ishlaydigan  strategiyani  ishlab  chiqdik.  Endilikda  siz 

shunchaki  bu bilimlardan  foydalangan  holatda,  olg`a intilishingiz  zarur. 

Ko`proq  karma  ekilishi  uchun  ushbu  bilim  hamda  ko`nikmalarni 

boshqalar  bilan  bo`lishing,  boshqalarga  o`rgating,  ishchilaringiz  hamda 

do`stlaringiz bilan baham ko`ring. Sizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 

 

 

Endi  yana  bir  masalani  ko`rib  chiqishni  taklif  etaman.  Kimlardir 



sevgi-muhabbat  yoki  juft  qidiradi.  Bu  masalani  yechish  yo`li  ham  juda 

oddiy.  Sizga  juft  yoki  muhabbat  kerak  bo`ladigan  bo`lsa,  mehr-

muhabbatga  muhtoj  keksalarga,  yetimlarga  yoki  yaqinlaringizga  mehr-

muhabbatingizni  hadya  eting,  bir  necha  kunda  siz  kutgan  o`sha 

muhabbatingiz paydo bo`ladi.  

 

 



Agar karyerangizda rivojlanishni xohlasangiz, kimnidir karyerasida 

rivojlanishiga yordam bering. O`zingiz ham bir deganda muvaffaqiyatga 

erishasiz.  Xullas,  bir  so`z  bilan  aytganda,  o`zingizga  nima  yetishmay 

turgan bo`lsa, uni boshqalar bilan bo`lishing. 

 

 

Yana shunday savollar ham berishadi. Agar mening beradigan hech 



narsam,  hatto-ki  pulim  ham  bo`lmasachi!  Bu  holatda  nima  qilsam 

bo`ladi? Agar chindan ham vaziyat shunday bo`lsa, sizda  quvvat hamda 

vaqt degan narsa bor. Boshqa insonlarga vaqtingizni hadya eting. Biron 

qo`shningiz uyini remont qilayotgan bo`lsa, unga yordamlashib yuboring. 

Hashar  bo`lsa,  hasharga  chiqing.  Kimgadir  nimanidir  ko`tarishga  yoki 



30 

 

shunga o`xshash ishlarga o`zingizni safarbar qiling. Mana shuni o`zi ham 



o`sgan vaqti sizga ulkan muvaffaqiyat keltiradi. Azizlarim, yaxshilik qilib 

yashang,  agar  yaxshilab  fikrlab  ko`rsak,  bizdan  keyin  aynan  qilgan 

ishlarimiz, yaxshiliklarimiz, qolaversa yaxshi xotira qoladi, xolos. Qani, 

qadrdonlarim,  bunyodkor  kuchlarni  ishga  solgan  holatda,  muvaffaqiyat 

hamda mehr-muhabbatga to`la dunyo qurishga olg`a!!! 

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish