2-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA SHAXS
SHAKLLANISHUVIGA DOIR YONDOSHUVLAR VA ULARNING
O’ZIGA XOSLIKLARI. 2-SOAT
REJA:
1.Shaxs shakllanishiga doir biologik yondoshuv
2.Shaxs shakllanishiga doir ijtimoiy yondoshuv
3.Shaxs shakllanishiga doir psixologik yondoshuv
4.Shaxs shakllanishiga doir yaxlit yondoshuv
Darsning maqsadi:
Talabalarga uyga vazifa qilib berib yuborilgan
zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishuviga doir yondoshuvlariga doir
rejalarning mazmuni, mohiyati o’ziga xosligiga doir barcha bilim ko’nikma
malakalarni takrorlash, mustahkamlash, amaldagi ahvoli to’g’risida bahs,
munozara o’tkazish.
Tayanch tushunchalar:
Shaxs, shakllanish, biologik yondoshuv,
ijtimoiy yondoshuv, psixologik yondoshuv, yaxlit yondoshuv
Darsning umumiy metodi:
Kichik guruhlar ichida ishlash, “Svot tahlil”,
tushuntirish, baxs munozara amaliy ishlar.
Talabalarga qo’yiladigan talablar:
Mavzu yuzasidan darslik va
qo’shimcha adabiyotlarni o’qib o’rganish, ularni tahlil qilib, kuzatilganlarni yozish,
ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok etish.
O’qituvchiga qo’yiladigan talablar:
Talabalar diqqatini mavzu mazmuniga
jalb eta olish, ta’limiy maqsadni to’g’ri qo’ya bilish, tegishli bilim, ko’nikma va
malakalarni shakllantirish, talabalar og’zaki va yozma faoliyatlarini
rag’batlantirish.
Darsning borishi:
Darsning tashkiliy qismida o’qituvchi guruh xonasining
tozaligi, talabalabalarning davomati va o’tgan mavzuni biroz takrorlab , uyga
berilgan vazifani talabalardan so’rashdan oldin talabalarni 3 guruhga bo’lib, har
bir guruhga quydagi topshiriqni beradi, har bir guruh o’ziga nom tanlaydi, guruh
sardorini saylab olishlari kerakligini aytadi. Guruhlar o’zlariga nom va sardor
tanlab olgach guruhlar ichida mavzu rejalarini ketma-ketligi asosida muhokamali
savollar berib, javoblar berish asosida ball to’plab borishlari kerakligini aytadi.
Guruhlar ichida ishlash metodida amal qilinishi zarur bo’lgan qoidalarga
to’xtaladi:
guruhda tinchlik saqlanishi va javoblarni qaysi talaba ifoda etishini
etirof etuvchi guruh sardorlari ekanligi;
savol berish navbati soat strelkasi bo’yicha borishini;
birinchi javobni bergan guruhda agar javoblar to’liq bo’lmasa boshqa
guruhlar ham qo’shimcha qilishlari mumkinligini;
guruh tomonidan berilgan javob to’liq bo’lmagan holda boshqa guruh
aniq javob bersa ball berilishini va birinchi javob bergan guruh bali pasayib ketishi
mumkinligini;
berilgan savollarning aniqliyligiga va javob berayotgan guruh
javoblari to’g’riligini tinglab ,agar tuzatishlar kiritish kerak bo’lsa javoblar
tinglanib bo’lgach javob berish lozimligini;
dars so’ngida ballar yig’indisi hisoblangan chog’da , agarda guruhda
nechta talaba umuman faollik ko’rsatmagan bo’lsa guruhning umumiy yiqgan
balidan shuncha bal olib tashlanishi, shuning uchun guruhlardagi barcha talabalar
qatnashishi lozimligini ;
dars oxirida a’lo ball to’plagan guruh talabalarining hammasiga
“a’lo” baho, yaxshi ball to’plagan guruh talabalarining hammasiga “yaxshi”,
qoniqarliball to’plagan guruhga “qoniqarli ” baho qo’yishini aytadi .
Jahon mamlakatlari ta’lim tizimida maktabgacha ta’limning tutgan o’rni mavzusi
rejalar asosida yoritiladi. 1- rejani baxs –munozara usuli asosida yoritsa, 2-rejani
“SWOT tahlil” usuli asosida mustahkamlanadi. Dars oxirigacha o’qituvchi
berilgan savollar saviyasiga va javoblarning aniq va to’g’ri ekanligini nazorat qilib
boradi.
Guruhlar tomonidan savollar berish boshlanadi...
Dars so’ngida o’qituvchi va talabalar bilan birgalikda dars xulosalanadi,
aktiv ishtirok etgan talabalar baholanadi va uyga vazifa beriladi. Qo’llanilgan
metodning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinadi.