Abdusalomov Muhammadrizo mmt-80 Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi ahamiyati



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#345835
Bog'liq
Hujjat



Abdusalomov Muhammadrizo  

MMT-80  

Temur tuzuklarining zamonaviy boshqaruv tizimidagi 

ahamiyati 

Amir  Temur  o'z  tuzuklari  keyingi  avdlodi  uchun  bir  qo'llanma  bo'lib  qolishni 

ko'zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo'lganlarning har biri unga muvofiq ish 

yuritsin... Bu tuzuklardan o'z saltanat ishlarini boshqarishda qo'llanma sifatida 

foydalangaylar,  toki  mendan  ularga  o'tadigan  davlat  va  saltanat  zararu 

tanazzuldan omon bo'lg'ay», - deb yozib qoldirgan edi.  

Darhaqiqat  bu  asardan  faqat  Temuriy  shahzodalargina  emas,  ko'plab  sharq 

hukmdorlari  o'zlarining  faoliyatlarida  foydalanganlar  va  unga  yuqori  baho 

berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo'qon xoni Muhammad Alixon 

(1822-1842),  Buxoro  amiri  Abdullahadxon  (1885-1910)  lar  «Tuzukot»dan 

parchalar  ko'chirtirib,  ulardagi  qoidalarga amal  qilganlar.Amir  Temur mazmun 

jihatidan farq qiladigan, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan u 

o‘z 

xalqiningbuyukligini  ham 



ta’minladi.  Keyinchalik  Amir  Temur  asos  solgan

 

davlatchilik  «Temuriylar  davlatchiligi»,  «Temuriylar  davri»,  «Temuriylar 




saltanati»,  «Temuriylar  sulolasi»  kabi  nomlar  bilan tarix 

sahifasidan o‘rin oldi. 

Buyuk  strateg,  mohir  siy

osatchi,  eskirganijtimoiy  munosabatlarning  qat’iy 

islohotchisi,  savdo-sotiq, 

 

hunarmandchilik  va  madaniyatning  homiysi  Amir 



Temur  qonunlar  va  urf-odatlarga  asoslangan  davlatni  barpo  etdi.  Temuriy 

tamoyillar  davlat  yuritishdagi  muhim  yo‘nalishlarbo‘lib,  ular  davlatchilik 

falsafasining  o‘ziga  xos  ifodasidir.  Shu  bois,  xulosa  qilish  mumkinki,  A.  Temur 

falsafasida  bog‘lanish  va  aloqadorliklarga  e’tibor  qaratilgan.  «Tuzuklar»dagi 

bog‘lanishlar  va  aloqadorliklarning  hammasi  quyidagi  xarakterga  ega:

 

hodisalardagi  sababiy  bog‘lanish  va  aloqadorliklar;



 

  muhim  hamda  muhim 

bo‘lmagan  bog‘lanish  va  aloqadorliklar;vositali  hamda  vositasiz  bog‘lanish  va 

aloqadorliklar;  zaruriy  hamda  tasodifiy  bog‘lanish  va  aloqadorliklar.  Bu 

bog‘lanish  va  aloqadorliklarni  alohida

-

alohida  tahliletadigan  bo‘lsak,  ular  ham 



o‘z navbatida o‘zaro ta’sir vositasida

 

navbatdagi bog‘lanish va aloqadorliklarni 



kelti

rib  chiqaradi.  Chunonchi,  davlat  boshqaruvi  benihoya  ko‘p  omillar  bilan 

bog‘liq,  uning  zamirida  murakkab  falsafa,  son

-sanoqsiz  jarayonlar  mavjud. 

Ularning birini anglab yetsangiz, undan ikkinchi bir haqiqat kelib

 

chiqadi. Shuning 



uchun  hodisalar  mohiyatini  bilish,  barcha  aloqador  jihatlarni,  vositalarni  bir 

butun  holda  tekshirish  talab  qilinadi.  Shundagina  xatolardan  saqlangan  holda 

hodisalar rivoji ta’minlanadi. 

 

Shu bilan birga, ularni aniqlashda turli uslublardan ham foydalaniladi.  



Ta’kidlash 

lozimki,  A

mir  Temur  bobomiz  a’lo  darajadagi

  falsafiy  tafakkur  uslubiga  ega 

bo‘lgani sababli, boshlagan ishlarining

 barchasini poyoniga yetkazib, yutuqlarga 

erishgan.  Zero,  bog‘lanish

 

va  aloqadorlikning  o‘zi  ham  falsafiy  deterministik 




(bog‘lanish,  aloqa,  o‘zaro  ta’sir)  xususiyatlariga  egadir.  Amir  Temur  o‘z 

faoliyatidata  moyillardan    foydalanib  ish  yuritdi.  Tamoyillardan  birinchisini 

sababiy  bog‘lanishlar  nuqtai  nazaridan  teranroq  tahlil  qiladigan

 

bo‘lsak,  ya’ni 



Tangri taoloning dini va Muhammad payg‘ambarning

 shariat


iga qat’iy amal qilib 

yashashiga  asosiy  sabab,  avvalo,  o‘sha

davrdagi  ijtimoiy  siyosiy  muhit  hisobga 

olingan  edi.  Amir  Temur  yashagan  davrda  islom  dini  Turon  zaminida  xalqning 

ongi  va 

tafakkuridagi  real  kuch  sifatida  e’tirof  etilar  edi.  Bu  mukammal  ilohiy

 

ta’limot xalq qalbiga singib ketgandi. 



 

Tabiiyki,  Amir  Temur 

hazratlari  ham  islom  dini  aqidalariga  qat’iy  amal  qilib, 

mamlakatga. 

hukmronlik  faoliyatida  islomiy  g‘oyalarni  bosh  shior  qilib  oldi. 

Madrasa  va  masjidlar  qurdirdi.  Din  peshvolarini  hurmatladi.  Natijada  mudom 

g‘alaba  ul  zotga  yor  bo‘ldi.  Islom  dinini  targ‘ib  qilish

  natijasida  Sohibqiron 

tarafdorlari ortdi, davlatining kuch-qudrati oshdi. Amir Temur tuzuklari bevosita 

Temuriy tajribasining mantiqiy. 

natijasi bo‘lib, ul zot umrining poyonida bitilg

an 



asardir.  Amir  Temur  o‘zining  davlat  boshqaruviga  xos  ustun  jihatlarini  e’tirof 

etgan 


holda bu boshqaruv an’ana sifatida davom ettirilishini orzu qilib, «...Toki 

mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu. 

tanazzuldan omon bo‘lgay», 

deya umidvor vasiyat etgan edi. Haqiqatan ham, Amir Temurning avlodlari turli 

davrlarda, turli 

mamlakatlarda bu vasiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaradilar va shu 

bois  Temuriylar  sulolasi  uzoq  asrlar  mamlakatni  boshqarib  keldilar.Amir 

Temurning  asaridan  sezilib  turadiki,  o‘z

i  tanlagan  va  tayinlagan  kishilarning 

axloqiy  xislatlariga  ko‘proq  diqqatni  tortgan.  Jumladan  Sohibqiron  fikricha, 

vazirlar 4 sifatga ega bo‘lishi

 kerak:  

1. Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik.

 

2. Ko‘pni ko‘ra oladigan, tez xulosa qiladigan, aqlu



-farosatlilik. 

3.  Insonparvar,  xalq  ahvolini,  sipohlarni  biladigan  va  g‘amxo‘rlik  ko‘rsata 

oladigan. 

4. Chidamli, sabr-toqatli, xushmuomalali, muloyim.  

 

Ko‘rib turibmizki, bu axloqiy xislatlar Amir Temur tomonidan



 yuqori baholangan 

va ularga amal qilingan. Turli manba va fikrlarni tahlil qilgan kishi buni darrov 

fahmlab. yetadiki, Amir Temur falsafasi faqat inson falsafasidir. Chunki insonning 

yurish turishi, faoliyati, barcha ishlari Sohibqironning doimiy diqqat markazida 

turgan.  Sohibqiron  o‘z  davrida  ilm

-fan  arboblari,  din  peshvolari  va 

donishmandlarga  hamisha  xayrixoh  bo‘lgan.  Manbalardan  ma’lumki,  Amir 

Temur  buyuk  sarkarda  bo‘lishi  bilan  birga,  u  ilm

fan  va  yuksak  falsafaning 



shakllanishida buyuk homiy edi. Zero, ilm 

va fanni e’zozlagan Amirning o‘zi ham 

shubhasiz ilm fandan jiddiy 

xabari bo‘lgan. Demak, Sohibqiron keng ma’lumotli 

bo‘lib, har bir

 

sohani nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qila olgan. Qur’on, Hadis, 



 

qonun,  geografiya  va  tarix,  falsafa  ilmlarini  o‘zida  mujassamlashtirgan. 

«Musulmonlarga diniy masalalardan, shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan-

tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb... har bir shaharga olimlar va mudarrislar 

tayin  qildim»1 

 



deya  ta’kidlaydi

  Amir  Temur.  Demak,  Amirning  majlis  va 

kengashlari  doimo 

fuzalolarsiz  o‘tmagan.  Manbalar  yana  shuni  ko‘rsatadiki, 

sohibqiron  davrida  yuqorida  tilga  olingan  ilm-fan  sohalari  jiddiy  rivojlandi.  Bu 

rivojlanish  podshoning  marhamatisiz  bo‘lmas  edi,  albatta.  Buni

  hatto,  Amir 

Temur faoliyatiga tanqidiy qaragan ibn Arabshoh ham tan olgan. U shunday deb 

yozadi:  «Xullasi  kalom,  Temur  har  bir 

(foydali)  jonni  atrofiga  yig‘ib,  nimaiki 

bo‘lsa, sarasini Samarqandga

 keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli 

namoyondasidan  va  san’atlar  g‘aroyib  uslubidan  fazilati  peshonasida  nishona

 

bo‘lib, o‘z tengqurlaridan ustun turgan, o‘z sohasida alloma kishilar



 

yig‘ilgan edi»

 

2.Tarixchi  Sharafiddin  Ali  Yazdiyning  guvohlik  berishicha,  Amir  Temur  biron 



shahar  yoki  mamlakatda  bo‘lganida,  albatta,  bironta

  bino  qurib  qoldirgan. 

Rustarixchisi  A.Yu.Yakubovskiyning  fikricha,  mashhur  podshoh  Mahmud 

G‘aznaviy butun dunyoni talab, katta

 

boylik yiqqan bo‘lsa, Temur topganini el



-

yurt  obodonchiligiga  sarflagan,  ilm  maskanlarini  qurdirgan.  Buni  Amir 




Temurning o‘zi shunday ta’kidlaydi: «Har bir shahar, har bir qis

hloqda masjid, 

madrasa  va  xonaqohlar  bino  qilsinlar. Faqiru  miskinlarga  langarxona  solsinlar, 

kasallar  uchun  shifoxona  qurdirsinlar  va  ularda  ishlash  uchun  tabiblar 

tayinlasinlar».3 Shu kabi sohalarda Amir Temur bir 

necha bor to‘xtalgan va ularni 

sodda  qilib  tushuntirgan.  Jumladan,  Amir  Temur  yosh  avlodlarga  nasihat  qilib 

aytadiki, bilimli kishilar o‘tirgan o‘rni bilan ham podshohga yaqin bo‘lishi darkor.



 

 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish