3- Bob. STANDARTLASHTIRISHNING TASHKILIY ASOSLARI
64
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-mart 1992-y. №93
«O`zbekiston Respublikasi standartlashtirish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish
to`g`risida» qarori izohlari.
Sovet Ittifoqining parchalanishidan avval O`zbekistonda
standartlashtirish sobiq ittifoq standartlashtirish davlat tizimi doirasida olib borilgan.
O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgandan keyin o`z tajribasiga va boshqa
mamlakatlarning tajribasiga asoslangan holda standartlashtirishni boshqarishning
xususiy modelini yaratish zaruriyati paydo bo`ldi. Buning uchun birinchi navbatda
tashkiliy masalalar yechildi, keyinchalik standartlashtirishning qonuniy asoslari
shakllantirildi.
Mustaqillik qo`lga kiritilgandan faqat olti oy o`tib, Vazirlar Mahkamasi 2-mart
1992-yilda №93 «O`zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo`yicha ishlarni
tashkillashtirish to`g`risida» qaror qabul qildi.
Qarorda ko`rsatilishicha, standartlashtirish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish
«O`zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qilish munosabati bilan
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish
zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek, Mustaqil davlatlar hamkorligi davlatlari
o`rtasida xo`jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va bosha munosabatlarni saqlash, jahon
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikda texnik to`siqlarni
bartaraf etish maqsadida» olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq ittifoq Davstandarti
tashkilotlari va muassasalarini birlashtirish asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
davlat markazi (O`zdavstandart) tashkil etildi va unga standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish masalalari bo`yicha respublika milliy idorasi vazifalari yuklatildi.
O`zdavstandart, shuningdek, sobiq ittifoq Davstandartning O`zbekistondagi vorisi deb
belgilandi.
O`zdavstandart tarkibiga quyidagilar kiritildi:
65
a) Sobiq ittifoq Davstandartning Butunittifoq malaka oshirish institutining Sharq
filiali O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot
sifatini boshqarish sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash instituti
(O`zTMTI) ga aylantirilgan holda. Shunday qilib, O`rta Osiyo tarixida birinchi bo`lib,
O`zbekistonda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash
tizimlari bo`yicha ilmiy tashkilot yaratildi;
b) «Etalon» O`zbekiston ishlab chiqarish birlashmasi (O`zIB) ning O`zbekiston
hududidagi filiallari va sexlari. Bunda «Etalon» O`zIB ishlab chiqarish korxonasi
bo`lgani uchun bu Birlashma O`zdavstandart tarkibiga metodik ishlar bo`yicha
kiritildi, ma’muriy jihatdan esa, O`zeltexsanoat assotsiatsiyasiga kiritildi;
v) Toshkent №2 «Standartlar» do`koni;
g) Qoraqalpoq, viloyatlar, Qo`qon va Chirchiq standartlashtirish va metrologiya
markazlari ularni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy
markazlariga (SMSHM) qayta o`zgartirish yo`li bilan.
O`zdavstandart idoralarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish maqsadida
SMSHM joylarda tashkil etildi. Jumladan, keyingi yillarda Olmaliq, Bekobod va
Toshkent SMSHM tashkil etildi.
Qarorda respublikamizda qo`llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro`yxati belgilandi,
O`zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O`z SDT)ning standartlashtirishning
asosiy maqsadlarini belgilovchi standartlashtirish idoralari va xizmatlari va ularning
vazifalari aniqlandi; me’yoriy hujjatlardagi majburiy va tavsiya etiladigan talablarni
belgilovchi, xo`jalik yurituvchi subyektlarga korxonaning standartlarini ishlab chiqish
va tasdiqlash huquqini beruvchi asosiy prinsiplar tasdiqlandi.
O`zdavstandart to`g`risida nizom tasdiqlandi. Uning asosiy vazifasi
mamlakatimiz mahsulotining sifati va raqobatbardoshligini oshirishga ko`maklashish
maqsadida O`z SDT, O`lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O`z O`DT),
sertifikatlashtirish milliy tizimi (O`z SMT) ning ishlashi va takomillashishini
ta’minlashdan iborat.
O`zdavstandartga mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirishga
ko`maklashmaydigan va iste’molchilarning talablariga hamda amaldagi qonunlarga zid
66
keladigan me’yoriy hujjatlarni bekor qilish, amal muddatini qisqartirish yoki qayta
ko`rib chiqish to`g`risida bajarilishi majburiy qarorlarni qabul qilish huquqi berilgan.
Shunday qilib, O`zdavstandart va uning hududiy idoralari, me’yoriy hujjatlarga
rioya qilish ustidan davlat nazoratini o`tkazish bilan bir vaqtda barcha xo`jalik
yurituvchi subyektlarga mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishda
metodik va amaliy yordam ko`rsatishga chaqirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |