Shtrix kodlashni kiritish bo`yicha O`zstandart agentligi vazifasi. O`zbekiston
Respublikasidagi tovarlvrni shtrix kodlash to`g`risidagi formoyishlarga asosan
O`zdavstandart zimmasiga quyidagilar yuklangan:
-O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrix kodlash
tizimini kiritish bo`yicha yagona siyosat olib borish;
-O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni davlat shtrix kodlar
reestriga kiritish;
-O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muofiq shtrix kodlash tizimini qo`llash
tartibini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar va metodik qo`llanmalarni ishlab
chiqarish;
-Xo`jalik subyektlarni shtrix kodlar orginal maketlari bilan ta’minlash.