169
6- Bob STANDARTLASHTIRISHNING TEXNOLOGIK ASOSLARI
6.1. O`zaro almashuvchanlikning mohiyati bo`yicha asosiy tushunchalar
Detallar biri ikkinchisiga to`liq yoki qisman kirishgan (joylashgan) holda birikma
hosil qiladilar. Odatda mashinasozlikda detallar ikki yoki bir-nechtasi tutashgan holda
birikma bo`lib ishlaydilar. Bulardan biri qamrovchi, ikkinchisi esa qamraluvchi
hisoblanadi. Qamrovchisi (tashqi) – teshik deyilib, qamraluvchisi (ichki) – val deb
ataladi. Bu atalishlar istalgan ko`rinishdagi (shakldagi) detallarga taaluqli (6.1-rasm
a,b, ga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: