Musobaqa uslubi.
Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim
ahamiyatga ega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U
hamma sohaga xos bo„lib faoliyat ko„rsatuvchilarni yuksak natijalarga
erishishga chorlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi
mashg„ulot o„tkazishda ham mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil etilishi
mumkin. Musobaqa uslubini harakterlovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak
natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida
raqiblarning bellashuvlari o„yin holatiga nisbatan ko„proq namoyon bo„ladi.
Jamoalararo musobaqalar g„alabaga erishish uchun kurashga ma‟suliyat sezib,
bir-biriga yordam berish jamoatchilik munosabatlari bilan tavsiflanadi.
Musobaqa uslubining o„ziga xos xususiyatlari yuklamani me‟yorlash va
shug„ullanuvchilar ustidan nazorat qilish uchun cheklangan imkoniyat beriladi.
Musobaqalar biror-bir qoida bilan reglamentlashtirib qo„yiladi.
Musobaqalarning maqsadi, tartibi va o„tkazish shartlarini reglamentlash
yuklamani boshqarish uchun asos bo„ladi. Faoliyatning aniq harakteriga
muvofiq musobaqaning maqsadi va mazmuni namoyon bo„ladi. Murabbiylar
musobaqalashuvchilarning faoliyatiga yo„llanma berish bilan rahbarlik qiladi.
Shuningdek, tavsiyalar musobaqa davomida ham berib boriladi. Lekin ba‟zi
sport turlarida murabbiylarning musobaqalarga aralashuvi man etiladi.
Musobaqalashish uslubining shu tomonlari o„yin uslubiga o„xshash bo„ladi.
Shunga qaramay musobaqa bilan o„yin uslubining ba‟zi bir jihatlari keskin
farqlanadi. O„yin uslubida musobaqa bo„lmasligi mumkin. Shuningdek
musobaqada ham o„yin uslubi qo„llanmasligi mumkin.
Musobaqalashish uslubi har xil tarbiyaviy vazifalarni hal qilish-jismoniy,
irodaviy, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko„nikmalarni,
takomillashtirish uchun qo„llaniladi hamda axloqiy xislatlarni tarbiyalashda
50
musobaqalashish uslubining ahamiyati g„oyat kattadir. Musobaqa uslubi boshqa
uslublarga qaraganda shug„ullanuvchilarga jismoniy, texnik-taktik mahoratini
hamda ahloqiy sifatlarni tarbiyalash uchun muhim vosita bo„lib xizmat qiladi.
Shunga qaramay musobaqalar davomida salbiy xususiyatlar xudbinlik, o„ziga
bino qo„yish, dag„allik va maqtanchoqlik kabi xislatlar shakllanib qolishi
mumkin. Buni oldini olish uchun musobaqalashish uslubiga murabbiylar
mohirona rahbarlik qilishlari hamda ma‟naviy tarbiyaga katta e‟tibor berishlari
kerak.
Musobaqalar tufayli jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanuvchilar
o„zlarining jismoniy tayyorgarligi va texnik taktik mahoratlari darajasini bilib
boradilar. Bunday olib qaraganda musobaqalar jismoniy rivojlanishni nazorat
qilish mezonlari bo„lib xizmat qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |