Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
367
19-bob. Arafotda o‘lgan kishi haqida
Nabiy sallallohu alayhi va sallam uning chala qolgan
haj amallarini nihoyasiga
yetkazmoqni (birovga) buyurmadilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kishi
birlan birga Arafotda turgan erdilar.
Shunda ul tuyasidan yiqilib, bo‘yni sindi. Nabiy
sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz,
boshini berkitmangiz, xushbo‘y narsa surtmangiz, chunkim Olloh taolo uni qiyomatda
talbiya aytayotgan holda tiriltirg‘aydir»,- dedilar».
Do'stlaringiz bilan baham: