10-MAVZU . Yetuk mutaxassis. Matn tahlili va tahriri.
O’ZBEKISTON TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARI HAQIDA.
Hozirgi davrda O’zbekiston to’qimachilik sanoati iqtisodiyotning ustuvor
yo’nalishi bo’lib qolmoqda. Yengil sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri hom
ashyo ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tishdan iboratdir.
1991 yildan korhonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, ya’ni pahta tolasining qayta
ishlash hajmi bo’yicha 136,3 ming tonnadan 2008 yilga kelib 350 ming tonnaga
ko’paydi. Buning asosiy sababi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish,
to’qimachilik korhonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, modernizatsiya
qilish, shuningdek, ham mahalliy,ham xorijiy investitsiyalarni jalb qilish asosida
amalga oshirildi. Umuman, to’qimachilik tarmoqlariga 12 mlrd. dollar investitsiya
kiritilib, xorijiy investorlar ishtirokida 50 dan ortiq, loyihalar bo’yicha 100
milliondan ortiq buyumlar ishlab chiqarildi. "O’zbekyengilsanoat" uyushmasi
tomonidan oxirgi yillarda 61,5 mlrd. so’mlik iste’mol buyumlari ishlab
chiqarildi.Olgan foydasi 1,8 mlrd. so’mni tashkil qildi. 2008 yildan boshlab, 8 ta
to’qimachilik korxonalari qurib, foydalanishga topshirildi. Va natijada 1780 xodim
ish bilan ta’minlandi. 1994 yilda yengil sanoatning eksport mahsulotlari 7,76 mln.
Dollarni tashkil qilgan bo’lsa, 2008 yilga kelib bu ko’rsatkich 63 marta ko’paydi.
Ja’mi 400,1 mln. dollarni tashkil qildi. O’zbekiston t¢qimachilik korxonalari eksport
qiladigan asosiy bozorlar Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya bo’lib qolmoqda. Hozirgi
vaqtda mamlakatimiz to’qimachilik mahsulotlarini eksport geografiyasini
kengaytirish borasida jiddiy tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilib bormoqda.
Qo’shma va modernizatsiya qilingan korxonalarning hajmi ishlab chiqargan
mahsulotlarning 80 foizini eksportga yo’naltirish asosiy vazifa qilib qo’yilgan.
O’zbekiston sanoati sohasida to’qimachilik va yengil sanoat yo’nalishi alohida o’rin
egallaydi. To’qimachilik sanoatining rivojlanishi keyingi yillarida ancha ilgarilab
ketdi. Buning sababi ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabning ortib borishidir.
Mustaqillik yillarida ko’plab to’qimachilik sohasida qo’shma korxonalar ishga
tushirildi. Chet ellik sarmoyadorlar o’zining bir necha qo’shma korxonalarini
ochishdi, yuzlab ishchi o’rinlari tashkil qilindi. Bular Shaxrixon tekstil, Samteks,
Sarbontekstil kabilardir. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
xaridorgirligi, talabning ko’pligi bilan ajralib turadi. Bu mahsulotlarning sifati ham
oldigilardan farq qiladi. Ular chidamli, pishiq, rangi tez ko’tarilmaydigan qilib
tayyorlangan. Mahsulotlar sifatini ko’tarishda ishlab chiqarish mashinalarining o’rni
katta. Bu korxonadagi mashinalar jahon standarti talablariga javob beradigan, oxirgi
rusumdagi mashinalar bo’lib mahsulot sifatini oshirishda yordam beradi. Albatta,
bunday bejirim kiyim kechaklar jahon bozorida yaxshi sotiladi. Xullas O’zbekistonda
to’qimachilik sanoati keng rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |