Hayol to`g`risida tushuncha. Hayolning aktiv va passiv turlari.
Hayol
- bilish jaryonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy
harakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Mexnatning tayyor
natijasini hayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Hayol yoki fantaziya
yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mexnatining xayvonlar
instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mexnat jarayoni zarur tarzda hayolni
o`z ichiga qamrab oladi. Hayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, muzikaviy va
umuman ijodiy faoliyatining zarur tomoni sifatida namoyon bo`ladi.
Hayol tasavvurning avval idrok qilinib xotirada qolgan materiallardan
vujudga keladi. Hayolning asosiy vazifasi hamisha sezgi va idrok yo`li bilan hosil
qilingan narsalarni qayta ishlovidan iboratdir.
Hayol yo`q narsadan ijod qila
olmaydi. Tug`ma garang odam tovushni hech tasavvur qila olmagandek, tug`ma
ko`r ham hech mahal ranglarni hayoliga keltirib tasavvur qila olmaydi.
Hayolda oddiy bir stol yasash uchun stolning qanday shaklda bo`lishini,
uning balandligini, kengligini, oyoqlari qanday maxkamlanishlarini, ovqatlanish
stoli, labaratoriya stoli yoki yozish stoli sifatida o`zining belgilangan xizmatiga
qanchalik javob berishini oldindan tasavvur qilish lozim. Qisqa qilib aytganda,
ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor ko`ra bilish talab qilinadi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mexnatning oxiri va
oraliq maxsulotlarda o`z ifodasini topadi, shuningdek muommali vaziyat noaniqlik
ko`rsatgan hollarda xulq-atvor dasturini tuzishni tahminlaydi. SHuning bilan birga
hayol aktiv faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o`rnini
almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi.
Hayol tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Hayol ham tafakkur
singari kelajakni oldindan ko`rish imkoniyatini beradi.
Tafakkur bilan hayol o`rtasidagi umumiylik hamda ular o`rtasidagi farqlar
nimalardan iborat? Hayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya’ni masala
yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari hayol
shaxsning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan
oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo`ladi, ya’ni bu
ehtiyojlarning qondirilishi mumkin bo`lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish
mumkin.
Hayol shunday jarayonki, u xatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va
zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muommali
vaziyatdan chiqish imkonini beradi. Fantaziya tafakkurning qandaydir
bosqichlaridan «sakrab o`tish» va so`nggi natijani tasavur qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |