S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/71
Sana11.01.2022
Hajmi0,95 Mb.
#344178
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
shaxsning bilish jarayonlari

figura  va  fonda

 

idrok qiladi.  



Figura

  -  shunday  narsaki,  uni  aniq    anglash,  ajratish,  ko’rish,  eshitish  va 

tuyish  mumkin. 

Fon

  esa  aksincha,  noaniqroq,  umumiyroq  narsa  bo’lib,  aniq  

obyektni  ajratishga  yordam  beradi.  Masalan,  gavjum  bozorda  ketayotgan  xolatda 

o’z  ismimizni  birov  aytib  chaqirsa,  darrov  o’sha  tarafga  qaraymiz.  Ism  -  figura 

bo’lsa,  bozordagi  shovqin  -  fon  rolini  o’ynaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  biz 

biror  narsani  idrok  qilayotgan  paytimizda  uni  albatta  biror  fondan  ajratib  olamiz. 

Masalan,  gul  bozorida  aynan  qip-qizil  atirgul  sizga  yoqib  qolib,  o’shani  xarid 

qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o’tmaydi.  



Idrok

 - borliqdagi ko’plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni 

paytda  kerak  bo’lgan  obyektni  xossa  va  xususiyatlari  bilan  yaxlit  tarzda  aks 

etishimizni  ta’minlaydi.  Ya’ni,  idrok  asosida  narsa  va  hodisaning  yaxlitlashgan 

obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq 

bo’lgan  sezgi  jarayonlaridan  tashkil  topadi.  Masalan,  olmaning  shaklini,  hidini, 

mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida - alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu 

- sezgilarimizdir.  

Sezgilar  yaxlit  tarzda  idrok  jarayonini  ta’minlaydi.  Lekin  olimlar  idrokni 

sezgilarning  oddiygina,  mexanik  tarzdagi  birlashuvi,  degan  fikrga  mutloqo 

qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo’lib, unda 

shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol 




o’ynaydi.  Masalan,  buning  isboti  uchun  ko’pincha  Rubin  figurasi  tavsiya  etiladi. 

Unda  ikkita  qora  profil  oq  fonda  berilgan.  Bir  qarashda  ayrimlar  bu  rasmlarga 

qarab  -vaza  desa,  boshqalar  uni  bir  -  biriga  qarab  turgan  ikki  kishi  yuzining  yon 

tomondan  ko’rinishi,  deb  ta’riflashi  mumkin.  Shunisi  xarakterliki,  birinchi  marta 

shu  rasmni  ko’rgan  odam  uni  yaxlit  idrok  qilib,  nima  ekanligini  tushunishga 

harakat  qiladi,  lekin  biror  figurani  ko’rgach,  ma’lum  vaqtgacha  boshqasini 

ko’rmay turadi.  

Fon  xususiyatlari  sababli  paydo  bo’luvchi  ko’rish  illuziyalarning  paydo 

bo’lishiga  xos  ayrim  «sirlar»  haqida  to’xtaladigan  bo’lsak,  to’q  rang  fonda 

shakllarning rangi asliga nisbatan biroz ochroq va aksincha, bo’lib tuyuladi (oppoq 

ko’ylakdagi  siyoh  dog’ini  tasavvur  qiling).  Fon  va  undagi  shaklni  idrok 

etayotganda, odam eng avval hajman kichikrog’ini ko’radi. Masalan, katta oppoq 

devorga osilgan portretni ko’z oldingizga keltiring. 

Quyidagi bir nechta rasmlarda ko’rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan. 



1-rasm.

 Agar diqqat bilan rasmning qora rangli shakliga qarasak, chunki eng 

avval ana shu shakl ko’zga tashlanadi, zero u oq fonga nisbatan hajman kichikroq, 

unda saksofon musiqiy asbobini chalayotgan kishining tasvirini ko’ramiz. 

          

 


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish