Umumlashtiruvchi bo‘laklarni topib, tinish belgilarining
ishlatilishini tushuntiring.
1. Yaxshi xulqlar: diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak
va boshqalar insonni ulug‘laydi.
(Abdulla Avloniy)
2. G‘azab, jaholat,
adovat, g‘iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’-
riga tashlaydi.
(Abdulla Avloniy)
3. Quyosh, havo, suv – hammasi
bizning eng qadrli do‘stimiz.
170-mashq.
Uyushiq bo‘laklardan avval yoki keyin umumlashtiruvchi so‘z
qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Hademay, o‘rik, shaftolilar gulga kirdi.
(Hakim Nazir)
2. Meh-
natda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlarning qo‘shgan hissasi.
(Uyg‘un)
3. Kishilar, xotinlar, bolalar vagon bo‘ylab chopdilar.
(G‘afur
G‘ulom)
4. Qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar bor.
(G‘afur
G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: |