51
151-mashq.
Matnni ko‘chiring. Aniqlovchilarni topib, ostiga chizing.
Mana, poliz o‘rtasidagi supachada o‘tiribmiz. Oqshom salqin.
Osmonda yulduzlar kul bosgan cho‘g‘dek miltillaydi. Qo‘shni polizdagi
bolalarning qiyqirig‘i, itlarning vovullashi, qayerdandir yoqimli ashula
tovushi eshitiladi.
(N. Fozilov)
152-mashq.
Kuz fasli to‘g‘risida kichik matn tuzing. Unda ishlatilgan
aniqlovchilarni toping.
153-mashq.
Gaplardagi to‘ldiruvchi va hollar oldiga ularga mos aniqlovchi
qo‘yib ko‘chiring.
N a m u n a: Elyor maktabda o‘qiydi. – Elyor bizning maktabda
o‘qiydi.
1. Kecha uyingizga borgan edik. 2. Alisher she’rini bizga o‘qib
berdi. 3. Qushlarni boqish menga yoqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: