Istak gap
– istak, xohish mazmunini bildiruvchi gap.
Kesim
– gapning mazmuniy markazi.
Ko‘chirma gap
– o‘zgalarning aynan keltirilgan gapi.
Leksikografiya
– lug‘at va uning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Leksikologiya
– so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik
bo‘limi.
Morfologiya
– so‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi
tilshunoslik bo‘limi.
Mustaqil so‘zlar
– atash ma’nosiga ega bo‘lgan, so‘roqqa javob bo‘ladigan,
sintaktik vazifa bajaradigan so‘zlar.
Orfoepiya
– so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini o‘rgatadigan tilshu-
noslik bo‘limi.
Orfografiya
– so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini o‘rgatadigan tilshunoslik
bo‘limi.
Paronim
– aytilishi va yozilishiga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlar.
Punktuatsiya
– tinish belgilari haqidagi tilshunoslik bo‘limi.
Sintaksis
– so‘zlarning bog‘lanishi, gap va uning turlarini o‘rga-
nuvchi tilshunoslik bo‘limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |