So‘zlarni o‘qing, tutuq belgisi nima uchun ishlatilayotganini
aniqlang. So‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
E’lon, she’r, qal’a, shu’la, qit’a, jur’at, da’vo, ma’no, qat’iy, ba’zan,
e’tiqod, ne’mat.
436-mashq
.
Berilgan har bir juftlikdagi so‘zlarning ma’nosini izohlang va
farqini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
san’at – sanat
sur’at – surat
qal’a – qala
she’r – sher
sa’va – sava
ta’na – tana
437-mashq
.
O‘qing. Avval tutuq belgisi unli tovushlarni cho‘zib talaffuz
qilinishni, keyin unli bilan undoshni ajratib talaffuz qilinishni ifodalayotgan
so‘zlarni ko‘chiring.
1. Zamira sun’iy ravishda bosiq bo‘lishga urinar edi.
(P. Qodirov)
2. Podsho vazir-u a’yonlari davrasida otdan tushib, tog‘ bag‘riga qarabdi.
(Mirza Karim)
3. Sening vujudingda mo‘jizalar mavjudligini birinchi
bor uchratgandayoq payqagan edim.
(X. To‘xtaboyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |