99-d a r s.
MUSTAHKAMLASH DARSI
1-topshiriq.
«Ikkinchi qismini toping!» o‘yinini tashkil qiling. Navbat
bilan quyida berilgan so‘zlarning ikkinchi qismini toping va ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Uzoq... , onda... , to‘y... , kiyim... , qora... , yakka... , dam... ,
istar... , quva... , achchiq... , o‘g‘il...
2-topshiriq.
Qo‘shma, juft, takroriy otlarni topib, ularni izohlang.
3-topshiriq.
Bitta so‘zni, masalan,
qora
so‘zini asos qilib, qo‘shma, juft
va takroriy so‘z yasay olasizmi? Shu asosida o‘yin tashkil qiling.
N a m u n a: Qorabuloq, oq-qora, qora-qura.
4-topshiriq.
Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh ko‘kat, ikkinchi guruh
gul, uchinchi guruh poliz ekinlari nomiga 10 tadan qo‘shma ot yozsin. Qaysi
guruh birinchi bo‘lib bajarsa, shu guruh g‘olib sanaladi. Sinf taxtasiga har bir
guruhdan bittadan vakil chiqariladi, qolganlar daftariga yozib boradi.
N a m u n a:
1-guruh
2-guruh
3-guruh
g‘ozpanja
gulbeor
shakarpalak
5-topshiriq.
Uyda «Yaxshilik nima?» mavzusida matn tuzing. Unda qo‘sh-
ma, juft, takroriy so‘zlardan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |