113
316-mashq.
Matnni o‘qing. Qo‘shma so‘zlarning yasalishi va yozilishiga
alohida e’tibor bering.
– Oti nima bu qovuningizning? – qiziqib so‘radi jo‘ram.
– Bo‘rikalla! Bundan bir tilimini yegan kishi mazaxo‘rak bo‘ladi...
Qovun-tarvuzim pishdimi, xuddi paykalning o‘zida savdosi bosh-
lanadi. Mening paykalimda bitgan umriboqiy, shakarpalak, qizilmag‘iz,
bo‘rikalla, ko‘kkallapish, doniyoriy, gurvoy, amiriy yoki qo‘zivoy
tarvuzlarimning xaridorlari har qachon yo‘lda bo‘ladi.
(N. Safarov)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi?
2. Qanday qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi?
317-mashq.
Uyga topshiriq.
O‘zingiz yashayotgan mahalla (qishloq) va
uning atrofida uchrovchi qo‘shma so‘z shaklidagi joy nomlariga misollar
Do'stlaringiz bilan baham: