daftar,
yoki, keldi, yaxshi, ko
‘
p, aqlli, kabi, o
‘
rta, va, men, uchun, o
‘
quvchi, bilan.
Qaysi so‘zlar so‘roq olmayapti?
2-topshiriq.
Bu so‘zlarning qaysi birlari bilan gaplarni boshlab bo‘l-
maydi?
Biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini
bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma
vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil so‘zlar sanaladi.
So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildir-
maydigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi.
224-mashq.
O‘qing. Yordamchi so‘zlarni topib, ular ishtirokida uchta
gap tuzing.
Bir ko‘r kishi bilan cho‘loq katta suv yoqasiga yetishdilar. Suv
ustiga tashlangan yog‘ochdan o‘tishlari lozim edi. Cho‘loq aytdiki:
«Birodar, men o‘tolmayman, chunki oyog‘im yaramaydi». Ko‘r:
«Agar ko‘zim bo‘lsa edi, o‘tardim», – dedi. Biror tadbir topishlari
yoki birovdan yordam so‘rashlari kerak edi. O‘tirdilar va biroz
o‘yladilar. Shunda cho‘loq dedi: «Bo‘lmasa, sen meni orqangga
opich, senga yo‘l ko‘rsatib, oyoq qo‘yadigan yeringni ko‘rsatib turay,
ikkimiz ham o‘tib ketamiz». Shunday qilib, bir-birlarining yordami
bilan ikki yorti bir butun bo‘lib, suvdan o‘tdilar.
(Abdulla Avloniy)
225-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |