Ikki kishi o‘rtasidagi suhbat dialog sanaladi.
Dialogdagi har bir gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining
nutqi monolog sanaladi.
206-mashq.
Hikoyani o‘qing.
Nuroniy chol va bola o‘rtasidagi dialogga
diqqat qiling. Unda ishlatilgan tinish belgilariga e’tibor bering.
Nuroniy chol ko‘chada o‘tirgan yosh bolani ko‘rib so‘radi:
– Hoy yaxshi bola, oting nima?
– A? – dedi bola anqovlanib.
– Oting nima deyapman!
– A, otimmi?
– Ha, oting!
– A... – o‘ylanib qoldi bola.
– Oting anqov ekan! – dedi chol xafa bo‘lib.
(Shukur Sa’dulla)
207-mashq.
«O‘quvchi xandasi»ni o‘qing. Dialoglar va ularda ishla-
tilayotgan tinish belgilariga e’tibor bering.
Ona:
– Rustam, devorga nima deb yozyapsan?
O‘g‘il:
– Devorga yozmang, yomon bo‘ladi, – deb ...
(«Gulxan»dan)
208-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |