Berilgan gaplardan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar tuzing.
Qanday tinish belgilaridan foydalanganingizni tushuntiring.
1. Kerilgan ko‘chaga sig‘mas. 2. Maqtanchoq – quruq po‘choq.
3. Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. 4. Boylikning boshi –
sog‘lik. 5. Do‘sting ham til, dushmaning ham til. 6. Yomon bilan
yursang, yomon bo‘lasan, yaxshi bilan yursang, omon bo‘lasan.
200-mashq.
Quyidagi gaplarni ko‘chirma gaplarga aylantirib, ko‘chiring,
unda muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsin.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga
zolim. (
Alisher Navoiy
) Odam tili bilan hayvondan ustun, ammo
tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar. (
Sa’diy
) Kitoblar aql
farzandlaridir. (
Jonatan Svift
) Kitobsiz uy jonsiz tanaday gap. (
Sitse-
ron
) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir. (
Viktor Gyugo
)
Do'stlaringiz bilan baham: |