Undalmalar gapning qaysi o‘rnida kelayotganiga e’tibor bering,
tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.
1. Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma.
(Ertakdan)
2. Xush kelibsizlar, qo‘noqlar, poyqadamingizga hasanot.
(Mirkarim
Osim)
3. Biror boshqa kasb qilsang bo‘lmaydimi, bolam.
(G‘afur
G‘ulom)
4. Bilasan-ku, jon bolam, kamuyqu bo‘lib qolganman.
(O‘. Hoshimov)
178-mashq.
Tushirilgan tinish belgilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Nima qilmoqchisan o‘g‘lim? 2. Voy-voy Maynaxon uyingizni
yig‘ishtirib olsangiz bo‘lmaydimi?
(Z. Ibrohimova)
3. Qizil shapkacha
qayoqqa ketyapsan? – debdi Bo‘ri.
(Sharl Perro)
4. Hoy qizim xafa
bo‘lma.
(L. Mahmudov).
5. Bulbul sening makoning shu yerda –
odamlar orasida bo‘lsin.
(Rivoyatdan)
179-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |