I. Qorin devorining terisi
– yupqa va harakatchandir (kindikdan tashqari).
II. Teri osti yog'’ qavati
– siyrak, qorinning pastki qismida ayniqsa ayollarda yaxshi
rivojlangan.
III. Yuzaki fassiya
– qorinning pastki qismida ikki varaqqa bo‟linadi yuzaki va chuqur
varaqlari. Yuzaki varag‟i sonning oldingi yuzasigacha davom etadi, chuqur varag‟i esa chov
bog‟lamiga borib birikadi. Ana shu yuzaki fassiya varaqlari orasidan: a.epigastrica superficialis o‟tib
kindikkacha boradi, a.circumflexa ilium superficialis yonbosh suyak tomon yo‟naladi, a.pudenda
externa chov kanalining tashqi teshigi atrofigacha yetadi. Bu uch arteriyalar a. femoralis dan chiqadi
va v.femoralis orqali vena qoni oqib, v.saphena yoki v.femoralis ga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |