107
III BO‘LIM.
PОLIОLEFINLАR VА PОLIMERIZАTSIОN
PLАSTMАSSАLАR ISHLАB CHIQАRISH
Poliolefinlar va polimerizatsion plastmassalar ikki bog‘li uglevo
-
dorodni, ya’ni masalan, etilen, propilen, ayrim boshqa a–olefinlar,
stirol, vinilxlorid va boshqalarni polimerizatsiyalab olinadi.
Poliolefinlarni texnik namunalari 15 darn to 600–700 mingtaga-
cha molekular og‘irlikka ega bo‘lib, ularda 1000–10000 uglerod ato
-
miga bir qo‘shbog‘ to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ushbu birikmalar
amalda to‘yingan xarakterga ega.
To‘yinmagan uglevodorodlar polimerizatsiyasini birinchi bor
XIX asrning oxirida kuzata boshlangan. Biroq poliolefinlarni sanoat
ishlab chiqarishi ikkinchi jahon urushidan keyin amalga oshirilgan.
1938–1940-yillarda Аngliyada etilenni yuqori bosimi ostida poli
-
merlash imkoniyati borligi ochilgan. Taxminan o‘sha davrda Rossi
-
ya Federatsiyasida ham А.I. Dinses rahbarligida laboratoriya sharoi
-
tida etilenni yuqori bosimda polimerizatsiyasi imkoniyati o‘rganildi.
Birinchi sanoat qurilmalari 1942–1943-yillarda paydo bo‘ldi, biroq
yuqorida ta’kidlanganidek, ommaviy ishlab chiqarish ikkinchi jahon
urushidan keyin boshlangan. 1955-yilgacha polietilen faqat yuqori
bosim qo‘llanilgan jarayonlardagina olingan.
1955–1956-yillardan boshlab, ya’ni Sigler–Natt metallorganik
katalizatorlarida polimerlash imkoniyatlari ochilgandan so‘nggina
quyi bosim polietilenini ishlab chiqarish boshlangan.
Plastmassalar – bu plastiklik, ya’ni ma’lum harorat va ma’lum
yuklar ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan
materiallar. Poliolefinlar ham plastmassalarga proporsional, biroq
ularni ishlab chiqarish faqat neftkimyo xomashyosiga asoslanganligi
va monomerlar ishlatilishi sabab, ularni alohida guruhga ajratiladi.
G‘arb davlatlarida 1960–1970-yillarda neftkimyo mahsulotla
-
rini ishlab chiqarish umuman olganda o‘sgan holida yuqori mole
-
kular moddalar ishlab chiqarish 3, 6 marta ko‘proq o‘sgan (xusu
-
san, sintetik tola – 6–7 marta, plastmassalar – 3,8 marta va sinte
-
tik kauchuklar – 2,2 marta). 1980-yilga kelib u 1970-yilga nisbatan
3 marta ortgan.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda plastmassalar
109
Hamma rivojlangan davlatlarda poliolefinlar yetakchi o‘rinni egal -
laydi. 1965-yili ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ular polivinil -
xlo ridni quvib o‘tdilar: Ishlab chiqarish 1960-yilda 1,1 mln.t dan
1970-yilda 8 mln. t ga va 2000-yilda 50 mln. t ga yetdi. Poliolefin
-
larni sintetik smolalar va plastmassalar umumiy ishlab chiqarishida
ulushi 1960-yildagi 16% dan 1970-yili 27% ga, 2000-yili esa 60%
gacha ortdi.
Poliolefinlar ichida ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi
o‘rinda yuqori bosim ostida olinuvchi quyi zichlikdagi polietilen tu
-
radi, u 1980-yilda dunyo bo‘yicha 17,5 mln. tonna (15 mln. t. polivi
-
nilnikiga qarshi)ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: