Guruh harakatlari
Himoyadagi guruh harakatlari deganda o’yin vaziyatida hujumchilarga qarshi harakat
uchun yo’nalgan ikki yoki uch o’yinchining o’zaro harakati ko’zda tutiladi. Ikki o’yinchining
o’zaro harakati usullariga straxovka qilish, o’yinchi almashish, sirg’anib o’tish, chekinish
(sherigiga yo’l berish); uch o’yinchining o’zaro harakat usullariga maxsus tashkil etilgan ikki
o’yinchiga to’qnashtirishga qarshi qaratilgan, ikki basketbolchi qo’ygan to’siqqa qarshi
harakatlar, “uchlik”, “kichik sakkizlik”, “kesib chiqish”ga qarshi o’zaro harakatlar kiradi.
Shchitdan sapchigan to’p uchun qarshi taktika masalasi alohida ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |