Fintlar va usullarning birga qo’shilishi.
Basketbolning hozirgi zamon texnikasi analizi,
odatda, ba’zi usullarni o’rganishga asoslanadi. Biroq musobaqalar amaliyotida hamma bu
usullardan alohida ko’rinishda deyarli kam foydalaniladi. Aniq bir o’yin holatida qiyin taktik
vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ko’proq ulardan bir usulning ikkinchi usul bilan yoki fint
bilan birin-ketin qoyilishi kompleksi qo’llaniladi.
Keskin yugurish finti – keskin yugurish.
O’yinchi chap oyog’ini oldinga-chapga chiqarib
qo’yadi, gavdasini chapga bir oz egadi va himoyachiga uni chap tomonga aylanib o’tishga
tayyorlanayotganini ko’rsatgan holda xuddi o’sha tomonga qarashini (nigohini) o’tkazadi. Agar
himoyachi fintga javob qaytarsa, u holda gavdani egish bilan himoyachi yonidan o’ng oyog’i
bilan shiddatli qadam qoyish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |