1
MILLIY ARMIYANING SHAKLLANISHI MUSTAQIL, TINCH VA
OSOYISHTA HAYOTIMIZNING MUSTAHKAM KAFOLATI
ToshDSHI magistranti
HAYDAROV ALISHER
“Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qilish,
yurtimiz sha‟ni – shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron
bo„lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish
bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir”
1
.
Islom Karimov
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash,
o‗zbek xalqi tinchligini hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992-yil
14-yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo‗linmalarning davlatimiz
tasarrufiga o‗tkazilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining 1993-yil
29-dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda ―Vatan himoyachilari kuni‖
deb e‘lon qilindi
2
.
Jahonga ne-ne betakror alloma-yu shoirlarni yetishtirib bergan o‗zbek xalqi
o‗zining mashaqqatlarga to‗la tarixi davomida benazir sarkardalarni ham voyaga
yetkazdi. Yurtimizni bosqinchilardan muhofaza qilish kabi maqsad yo‗lida
zamonaviy harbiy talablarga javob beradigan qo‗shinlar shakllandi. Jaloliddin
Manguberdi, Temur Malik singari jasur lashkarboshilarning nomlari xalqimiz
yuragidan joy oldi. Ayniqsa, dunyoda birinchi muntazam armiya tuzgan Amir
Temurning harbiy dahosi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Bu zotning harb ilmidagi
betakror zakovati hanuzgacha jahon sarkardalari uchun saboq maktabi bo‗lib
kelmoqda. Amir Temur o‗z jangovar harakatlarini doimo bunyodkorlik bilan
bog‘liq holda olib borgan. Chunonchi, Sohibqiron: ―Qaydankim bir g‘isht olgan
bo‗lsam, o‗rniga o‗n g‘isht tikladim‖, deganlar.
1
Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.,
2003;
2
Ўзбекистон Республикасининг ―Ватан ҳимоячилари кунини белгилаш тўғрисида‖ги Қонуни. 1993 йил, 29
декабрь// Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1994 .№1. Ўзбекистон
Республикаси ― 14 январь Ватан – ҳимоячилари куни‖деб эълон қилиниши тўғрисида Қонун (1993).
2
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, hech shubhasiz, Vatan va istiqlolni
himoya qilish uchun mustaqil armiya tuzish zarurati tug‘ilgan edi. Mamlakatimiz
Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‗mondoni Islom Karimov rahbarligida
O‗zbekistonning yangi, milliy armiyasi shakllandi va u kundan-kunga
takomillashib bormoqda. Bizning armiyamiz jahondagi eng yetuk armiyalarning
tajribalarini o‗rgangan holda zamon talabiga mos professional qo‗shin sifatida
shakllanmoqda
3
.
Prezidentimiz har bir oddiy askar harbiy texnikani mukammal egallashi
barobarida uning qalbida, va ongida yuksak ma‘naviy, axloqiy fazilatlar ham
mujassam bo‗lishi zarurligini alohida ta‘kidlaydilar: ―Yuragida o‗ti bor, oriyatli
bahodirlarimiz bugun ortimda Vatanim bor, el-yurtim, ota-onam, sevimli yorim
bor, deb yovga mardona zarba berishga tayyor bo‗lib turgani barchamizga kuch-
quvvat bag‘ishlab, ruhimizni ko‗tarmoqda‖
4
.
Albatta, bu og‘ir va murakkab jarayonlar oson kechgani yo‗q. O‗zbek xalqi
boshidan o‗tgan bu voqea-hodisalar zamirida qanchadan-qancha iztiroblar,
yurtimizga tashqaridan bo‗ladigan tazyiqlar va tahdidlar haqida uzoq gapirish
mumkin.
Biz bugun yangi jamiyat qurish, xalqaro hamjamiyatda o‗zimizga munosib
nufuzli o‗rin egallashdek ulug‘ maqsad bilan yashamoqdamiz. Shu o‗rinda
Yurtboshimiz aytganlaridek ―Mamlakatimiz taqdiri uchun g‘oyat muhim
ahamiyatga ega bo‗lgan bir haqiqatni aytish va yurtdoshlarimizni shunga da‘vat
etishni o‗zimning burchim, deb bilaman: xalqimizning tinchligi va xavfsizligi,
sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo‗lmish armiyamiz har jihatdan
qudratli, qurol-yarog‘ va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo‗lmasligi
lozim‖
5
.
Binobarin, bu juda muhim masala. Lekin armiyaning kuch-qudratini to‗la
namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofitserlarimiz – ―Vatan va
3
Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.,
2003;
4
Vatan himoyasi — muqaddas burch. T., 2001;
5
Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.,
2003;
3
xalq o‗z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o‗g‘lonlarimizning ma‘naviy-
ma‘rifiy tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi
darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu
go‗zal hayotni o‗zi va oilasi, kelajak avlod uchun ham beg‘ubor va boqiy saqlashga
mas‘ul ekanini teran his eta olsin‖
6
.
Shubha yo‗qki, shaxsiy tarkibi ana shunday xususiyatlar va mustahkam
iroda sohibi bo‗lgan, eng zamonaviy talab va andozalarga javob beradigan armiya
qarshisida hech qanday yovuz kuchlar rahna sola olmaydi.
Mana shunday fikr va g‘oyalarni jamoatchilik o‗rtasida keng targ‘ib-tashviq
etish uchun biz 14-yanvar sanasini faqat harbiy xizmatchilar emas, balki ayni
vaqtda armiya saflarida o‗z burchini o‗tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga
xizmatga boradigan ming-minglab navqiron farzandlarimizning qutlug‘ bayrami
deb qabul qilishimiz, uni eng ulug‘, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayrami singari
yuksak darajada nishonlashimiz kerak albatta.
Shu bilan birga milliy armiya tashkil topgan bu sanani bayram qilganda,
Qurolli Kuchlarning tamal toshini qo‗ygan insonlarni, esga olish nafaqat tarixiy,
ayni paytda tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu borada, avvalo matbuot, radio-
televideniya, madaniyat va san‘at namoyandalari, ijodkor ziyolilar, ta‘lim sohasi
xodimlari faollik ko‗rsatishi, Vatan himoyachilari kuni erkin va ozod xalqning
yangi, muqaddas bayrami ekanini ta‘sirchan vositalar orqali ochib berishi zarur
bo‗ladi. Zotan, bayram ruhi va quvonchi avvalo odamning ko‗nglidan, ichki
dunyosidan chuqur joy olgan taqdirdagina u haqiqiy bayramga aylanadi va
alalxusus u odamlar hayotidan joy oladi.
O‗z-o‗zidan ravshanki, yangi jamiyat qurish bir kunlik ish emas. Zamonlar
o‗tib boraveradi, lekin davr qo‗ygan muammolar, ularni yechish yo‗lidagi ishlar
davom etaveradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy armiyani barpo etish
masalasi davlat va jamiyat qurilishining g‘oyat muhim, uzviy bir qismi ekan,
bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz, uning shakllanish tarixi, bugungi hayoti
6
Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.,
2003;
4
qanday aks ettirilayotgani, bu xususda yosh avlodga qanday darslik va kitoblar
orqali qay yo‗sinda ma‘lumot berilayotgani ham doimiy diqqat markazida bo‗lishi
davlat siyosati darajasida o‗rin egallaydi.
Ma‘lumki, hozirgi paytda iqtisodiy jihatdan qudratli ba‘zi davlatlar o‗z
armiyasini qurishda katta moliyaviy sarmoyalar evaziga, asosan chetdan
yollanadigan harbiylarga tayanadi. Ammo bunday yondashuv bizning davlatimizga
to‗g‘ri kelmaydi, chunki bizning armiyamizning nufuzi hozirgi kunda dunyoning
qudratli davlatlar armiyalari safidan joy olib ulgurgan. O‗zbekiston armiyasi
dunyoning eng qudratli Qurolli kuchlari reytingida 48-o„rindan joy olgan.
Reytingga dunyoning 126 ta davlati kirgan. MDH davlatlari orasida uchinchi o‗rin
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o‗rinni egallagan. Ushbu reytingni
tuzishda 50 ga yaqin turli omillar, jumladan, qo‗shinlar soni, quruqlik, havo va
dengizda jangovor harakatlar olib borish uchun mo‗ljallangan harbiy texnika
miqdori, mamlakatlar sarflashi mumkin bo‗lgani iqtisodiy manbalar va geografik
joylashuvi hisobga olingan
7
. Biz zamonaviy, professional armiyani barpo etishda,
avvalambor, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, shu yurtning suvini ichib, tuzini
tatigan, shu zaminda tarbiya topgan, voyaga yetgan vatanparvar fuqarolarimizga
tayanamiz
8
.
Boshqacha aytganda, o‗z hayotini armiyasiz tasavvur etolmaydigan, harbiy
xizmatni shunchaki ish emas, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burch, deb
biladigan mard jangchilarning og‘ir va mas‘uliyatli mehnati munosib
taqdirlanmoqda.
Hammaga ayonki, bugungi kunda zamonaviy armiyada xizmat qilish eng
zamonaviy harbiy texnika va texnologiyalarning sir-asrorlarini puxta egallagan
bo‗lishi, ayni vaqtda yuksak aql-zakovati, intellektual salohiyati, mustahkam
irodasi, o‗z xalqiga sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlari bilan ham ajralib
turishi lozim
9
.
7
―Globalfirepover.com‖ saytiga tayanib UzDaliy ma‘lum qiladi 04.04.2016.
8
Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati, T., 2005.
9
Armiya — davlat tayanchi va tinchlik kafolati, T., 2005.
5
Shuni unutmaslik kerakki, har bir xizmatchi - u generalmi yoki ofitser
bo‗ladimi, serjant yoki oddiy askar bo‗ladimi - bundan qatiy nazar, ularning
barchasi dunyoda yagona bo‗lmish O‗zbekistonning farzandlaridir. Ularning
zimmasidagi mas‘uliyatli va muqaddas vazifa ham bitta - Ona yurtni, xalqimizni
ishonchli himoya qilishdan iborat.
Ma‘naviy tarbiya sohasida oldimizda turgan mana shunday muhim
vazifalarni bajarishda biz, avvalo, el-yurtimizga fidoiy va sadoqatli, haqiqiy
vatanparvar, chuqur bilim va katta hayot tajribasiga ega bo‗lgan insonlarga,
siyosatshunos va tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, ommaviy axborot vositalari
xodimlari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylarga tayanishdir.
Harbiy sohani isloh qilish masalasiga ana shunday jiddiy va izchil
yondashuv farzandlarini armiya safiga kuzatayotgan ota-onalarning ko‗nglini
xotirjam qilishga, Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilish har bir yigit uchun faxrli va
sharafli burchga aylanib qolishiga qat‘iy ishonaman. Shu bois o‗z taqdiri va
hayotini Qurolli Kuchlarimiz bilan bog‘lagan yurtdoshlarimizni qadrlash, ularning
kelajagi yorug‘ bo‗lishi uchun yo‗lini ochib berish, buning uchun bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etish, xizmatlarini qadirlash biz uchun sharaf
bo‗lmog‘i kerak albatta.
Xulosa o‗rnida aytadigan bo‗lsam yillar o‗tadi, zamonlar o‗tadi, ammo, hech
shubhasiz, milliy armiyamizni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar mustaqil
O‗zbekistonning solnomasida, yangi tarix sahifalarida o‗chmas harflar bilan
yoziladigan buyuk voqealardan biri bo‗lib qoladi. Bularning barchasi pirovard
natijada milliy armiyamizni yoshlarning irodasini toblaydigan, ularga oila va
maktabda olib ulgurmagan bilim va tarbiyani o‗rgatadigan, o‗z Vatani va xalqiga
sadoqat, jasorat va matonat maktabiga, har birimiz uchun faxr va iftixor manbaiga
aylantirish muqarrar. Buni men O‗zbekiston Qahramoni shoir Abdulla Oripovning
Vatan madhi uchun yozilgan juftligi bilan ifodalab o‗tmoqchiman.
Do‗stim, haq deganni qo‗llagin faqat,
Parvoz qilar bo‗lsa - osmoni bo‗lgil.
6
Yovuzlikka qarshi qudrating ko‗rsat,
Mudom ezgulikning posboni bo‗lgil!
Do'stlaringiz bilan baham: |