Strategik marketing



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/308
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338563
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   308
Bog'liq
1547-Текст статьи-3979-1-10-20200627

Sof  raqobat  modeli 
bozorda  sotuvchilarning  guruhi  xaridorlarning  katta 
guruhiga  qarama-qarshi  turishining  mavjudligi  bilan  tavsiflanadi  va  bu  guruhlarning 
hech  biri  baholarga  ta’sir  etishi  uchun  etarlicha  kuchga  ega  emas.  Tovarlar  aniq 
belgilangan  tavsifga  ega.  O‘zaro  o‘rinbosar  va  faqatgina  talab  va  taklif  o‘rtasidagi 
nisbat  bilan  belgilanadigan  baholarda  sotiladi.  Bunday  bozordagi  sotuvchilar  hech 
qanday  bozor  kuchiga  ega  emas  va  ularning  harakati  boshqa  sotuvchilar  harakatiga 
bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: 

 
sotuvchi va xaridorning katta miqdori; 

 
differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar; 

 
bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi. 
Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1) bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash; 
2) tayanch raqobatchilar tavsifnomasini tasvirlash va aniqlash; 
3) tayanch raqobatchilarni baholash; 
4) raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish; 
5) potensial raqobatchilarni aniqlash. 
Sof  raqobatda  determinant  bo‘lib  talab  va  taklif  o‘yini  hisoblanadi.  Firma 
uchun  narx  va taklif etilayotgan son  muhim o‘zgaruvchilar  hisoblanadi. Bunda talab 
funksiyasi quyidagicha teskari bog‘liqlik yordamida ta’riflanadi:  
P=f (Q) 
Bu  erda:    P-  bozor  narxi  –  bu  bog‘liq  o‘zgaruvchi,  Q  esa  taklif  etilayotgan 
miqdor,  bog‘liq  bo‘lmagan  o‘zgaruvchi.  Bunda  firma  o‘z  holatini  yaxshilash 
maqsadida  etkazib  berish  yoki  ishlab  chiqarish  hajmini  o‘zgartirishi  kerak  bo‘ladi. 
Qisqa  muddatli rivojlanishda  firma  uchun  raqobatchilarning  ishlab chiqarish  hajmini 


 
110 
 
 
va  yangi  raqobatchilarning  kelishini  kuzatib  borish  muhimdir,  chunki  bu  baholar 
dinamikasin oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Uzoq muddatli o‘sishda firmaning 
manfaati  o‘z  tovarlarining  o‘rnini  o‘sish  darajasini  kamaytirish  maqsadida  ularni 
differensiasiyalash  yoki  xaridorlar  uchun  o‘tish  xarajatlarini  yaratish  orqali  sof 
raqobatning  namoyonligidan  xalos bo‘lishdan  iborat. Marka imidjini  mustahkamlash 
siyosati  bilan  birga  amalga  oshiriladigan  sifatni  jiddiy  nazorat  qilish  orqali  shunday 
natijaga erishish mumkin. Bu strategiyaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini eksport 
qiluvchi  mamlakatlar  amal  qiladi,  shu  bilan  o‘z  mahsulotlariga  bo‘lgan  talab  va 
narxni  saqlab  qolishga  harakat  qiladi:  masalan,  kolumbiya  kofesi,  ispaniya 
apelsinlari,  Janubiy  Afrika  mevalari  bu  o‘rinda  differensiatsiyaga  intilish  to‘g‘risida 
gap ketmoqda. 
Oligopoliya  - 
raqobatchilar  soni  kam  yoki  bozorda  bir  necha  firmalar  o‘zaro 
kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma 
amal  qilayotgan  kuchlar  bilan  yaxshi  tanish  va  istalgan  raqobatchining  qiyofasini 
qolgan  firmalar  his  etadi.  Strategik  qiyofaning  natijasi  unga  raqobatchilar  ta’sir 
ko‘rsatishiga  bog‘liq.  Raqobatchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik  ularning  tovarlari 
qanchalik  kam  differensiyalangan  bo‘lsa,  shunchalik  kuchlidir.  Oligopoliya  vaziyati 
ko‘proq  tovarlar  bozorida  etilish  darajasida  uchraydi,  bunda  birlamchi  talab 
kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish