Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘lgan talab
xuddi iste’mol tovarlariga
bo‘lgan talabni aniqlagandagidek yo‘l bilan aniqlanadi. Bunda potensial iste’mol
birliklarining xizmatdan foydalanish darajasi yoki tezligiga to‘g‘ri keladigan miqdori
asos qilib olinadi. SHu bilan birga xizmatlar talabni tahlil qilishda e’tiborga olish
lozim bo‘lgan ba’zi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar xizmatlarning
moddiy emasligi va saqlanmasligidan kelib chiqadi. Xizmatdan foydalanish uchun
shu xizmatni ko‘rsatuvchi shaxs yoki servis tashkiloti bilan bevosita muloqot
o‘rnatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |