Rahbariy hujjat
deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning
vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim
bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy
hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O„ZTSH)
– bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda,
ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq
mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy
hujjatdir.
Yo„riqnoma (qoidalar)
–
instruksiya (pravila) – bu ishlarni yoki ularning
ayrim bosqichlarini mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
2.
O’zbekiston Respublikasida Standart turlari
Standartlashtirish obyektlariga qo’yiladigan talablarni belgilovchi MTH lar
quyidagi toifalarga bo’linadilar:
1. a) Xalqaro standartlar. Bu standartlar xalqaro standartizatsiya tashkiloti
(ISO) tomonidan tasdiqlanadi. ISO strukturasi: assambleya, kengash ijroiya
qo’mita texnikaviy buyro, texnikaviy komitet va markaziy kotibiyatlar.
Mansablari: Prezident, vitseprezident, g’aznachi, bosh kotib.
Rasmiy tillar: ingliz, frantsuz, rus tili.
O’zbekiston 1. 01. 1994 yildan boshlab ISO ning a’zosi. O’zbekistonda
O’zRST 1.7-97 standarti "Xalqaro standartlardan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish
tartibi" ni belgilaydi.
b) Mintaqaviy standartlar-standartlashtirish bo’yicha regional organlar
tasdiqlaydi (GOST).
2. O’zbekiston respublikasi standartlari.
Bu standartlarni:
O’zbekiston respublikasi davlat standarti, Qurilish davlat qo’mitasi,
Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, har qaysi
o’ziga tegishli standartlarni tasdiqlaydi. Davstandart ro’yxatidan o’tkazadi.
Standart tarkibidagi har qaysi belgi, so’z va raqam o’zining ma’no va mazmuniga
ega.
Misol.
O’z. RST 1.1-92
1-Davstandart, 1. standart nomeri, 92-tasdiqlangan yili.
O’z. RST ISO 9568-97-bu kompleks standartlar, qachonki standartlar
o’zgarishsiz asosda qabul qilinib qo’llaniladi.
3. Tarmoq standartlari (TST) belgilangan tarmoqning rahbarlari tomonidan
tasdiqlanadi.
(OST) O’zTST
O’z RST. 1.9-95 standarti "Tarmoq standartlarini ishlab chiqish tartibi" ni
belgilaydi.
4. Texnik shartlar. Bir tomondan ular me’yoriy hujjatlar bo’lishsa, boshqa
tomondan esa konstruktiv hujjat hamdir.
O’zRST 1.2-92 standarti "TSH larni ishlab chiqish tartibi" haqida yozadi.
5. Korxona standartlari KST (STP)
6. Boshqa me’yoriy hujjatlar:
Boshqaruv hujjatlari (BX), tavsiyalar (T), me’yor va qoidalar, uslublar... va
boshqalar.
O’zRST 1.8-94 "Boshqaruv hujjatlarining ishlab chiqarish tartibi" ni
belgilaydi.
7. CHet davlatlar standartlari, O’zRST 1.7-94 bu standartlarning qo’llanilish
tartibini belgilaydi.
Standartlashtirish obyekti va ularga qo’yilgan talablarga
bog’liq holda standartlar quyidagi turlari mavjud
Mahsulotlarga o’rnatiladigan standartlar-ular mahsulot
turlariga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Umum-texnikaviy standartlar-terminlar va ta’riflar, belgilashlar,
nomenklatura, umummiy talablar va me’yor, usullar.