Ifodalashga oson bo‘lishi uchun muomalaga kirishishdagi
muammolarni ijtimoiy psixologiyada ma’lum bo‘lgan uch xil darajadagi
ustanovka (yo‘l-yo‘riq) bilan qiyoslagan holda quyidagi guruhlarga
ajratamiz:
1) Muomala jarayonini murakkablashtiruvchi xulq-atvor;
2) Muomala jarayonini qiyinlashtiruvchi emotsional aks ta’sir;
3) Muomala jarayoniga destruktiv ta’sir etuvchi holatlar.
Bu kabi ajratish shartli xususiyat kasb etsada, ko‘pchilik hollarda,
psixolog-konsultant turli vaziyatlar (qabul vaqtining cheklanganligi, mijozning
maxsus tayyorlanmaganligi) taqozosi bilan muammoning bir muncha yorqin
namoyon bo‘lgan jihatigagina e’tiborini qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |