Mahalla va oila



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/280
Sana12.01.2022
Hajmi4,65 Mb.
#336160
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   280
Bog'liq
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
D)  
1146 
E) 
101 


138
 
 
10-MAVZU: OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING 
PSIXOLOGIK ASPEKTLARI: SOG‘LOM MUNOSABATLAR – SOG‘LOM 
OILA ASOSIDIR. 
Reja

1.  Oiladagi shaxslararo munosabatlar. 
2.  Oiladagi shaxslararo munosabatlarning psixologik aspektlari. 
3.  Sog‘lom munosabatlar – sog‘lom oila asosidir.  
 
Tayanch iboralar: 
Oilaviy  munosabatlar,  sog‘lom oila,  shaxs, 
psixologiya, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, er-xotin, farzand, tarbiya.
 
 
Shaxslararo  munosabatlar  ijtimoiy-psixologik  va  psixologik  muhitni 
optimal ta’minlashga  xizmat  qiluvchi  asosiy  mehanizm  hisoblanadi. Bugungi 
kunda oilalarda kutilayotgan psixologik inqirozlar shaxs kamoloti, shaxslararo 
munosabatlar  ulardagi  ijtimoiy  muhit,  qadriyatlar  buzilishi  bilan  bog‘liqdir. 
Oiladagi shaxslararo munosabatlarda er-xotin, ota-ona bilan farzandlar, kelin 
bilan qaynona-qaynota, kelin bilan qaynaka, qaynuka, qaynopa, qaynsingil va 
boshqa  yaqin  qarindoshlar  o‘rtasidagi  munosabat  jarayonlarini  kuzatish 
mumkin.  Oila  mustahkamligi  nizoli  vaziyatlardan  xoli  bo‘lishi,  uning  a’zolari 
o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va e’zozning shakllanishi qanday omillarga bog‘liq?  
 


139
 
 
Shaxslararo munosabatlar “sub’ekt-sub’ekt” bilan bir qatorda “sub’ekt-
guruh”, “Men-biz” tizimda namoyon bo‘lishi ma’lum. 
Bola  tajribasining  asoslaridan  biri  undagi  ota-ona  oilasi  ta’sirida 
shakllanadigan ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o‘zaro ishonch, o‘zini-o‘zi baholash, 
men-konsepsiyasi  ota-onasi,  aka-ukalari,  opa-singillari  ta’sirida  bola  ongida 
shakllanadigan  hislatlardir.  Bola  ota-onasining  o‘zaro  muloqotlariga  qarab, 
umri mobaynida kuzatib, bilib-bilmay ularga taqlid qilib, tinchlik-xotirjamlikda, 
o‘zaro  hamjihatlikda  yashashga  o‘rgansa,  aka-uka,  opa-singillariga  qarab, 
jamiyatdagi  murakkab  o‘zaro  muomala  holatlarida  o‘zini  qanday  tutishga 
o‘rganadi,  hayotning  ma’nosini  tushunib  boradi,  dunyoqarashi,  dunyoviy 
hamda diniy e’tiqodlarining shakllanishi ham ayni shu munosabatlar ta’sirida 
ro‘y beradi.  
Er-xotin  munosabatlari  avvalo  adaptatsiya,  ya’ni  bir-biriga  asta-sekin 
ko‘nikib,  moslashib  borish  jarayonidan  boshlanadi,  zero,  ularning  har  biri 
yangi  muhitga,  yangi  ro‘zg‘orga  o‘z  oilasida  orttirgan  shaxsiy  tajribasi,  oila 
to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlari bilan kirib keladi.  
Natijada ota-onasi oilasida olgan tajribaning bir qismidan voz kechgani 
holda, yangi munosabatlar uchun yangi fazilatlarni o‘zida tarbiyalay boshlaydi. 
Oila  qurmoq  bu  o‘zini  boshqa  birovga  ishonib  topshirmoqdir.  Erkaklarga 
ishonmaslik, “Erkak zotining hammasi bir …” degan gaplarni shior qilib  olgan 
ayolning  hech  qachon  bu  borada  omadi  kelmaydi,  chunki  u  magnitdek 
bo‘lmag‘ur  erkaklarni  tortadi,  natijada  ishonch  e’tiqod  darajasiga  chiqadi  va 
undan baxtsiz ayol taqdiri bitiladi.  
Ilmiy  manbalar  tarixan  insoniyat  ota-ona  va  farzandlar  munosabatlari 
o‘ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan 
guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota - 
onaning  bolaga  nisbatan  xususiy  mulkday  qarab,  uning  ustidan  hukmronlik 
qilishi  borgan  sari  farzand  ehtiyojlari  bilan  hisoblashish,  uning  barcha 
istaklarini  bajo  keltirib,  unga  cheksiz  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatishgacha  bo‘lgan 
munosabatlarga  aylangan.  Ota  -  ona  -  bola  munosabatlarini  agar  tarixiy 


140
 
 
davrlarga bo‘ladigan bo‘lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo‘yicha 
qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko‘rish mumkin.  
Olimlarning  tavsiflashicha,  antik  davrlarda  erkak  va  ayol  aloqalari 
oqibatida  farzand  tug‘ilsa,  unga  deyarli  befarq  qarash,  ya’ni,  infantitsid 
munosabat  kuzatilgan,  bunday  munosabat  mohiyatan  shafqatsizlikka 
asoslangan  bo‘lib,  bolani  dunyoga  keltirganlar  uchun  uning  nasl-nasabi, 
taqdiri  unchalik  ahamiyatli  bo‘lmagan.  Yangi  asrga  kelib,  bu  munosabatlar 
tubdan  o‘zgargan,  odam  zotida  egoizm,  o‘ziga  tegishli  narsaga  nisbatan 
egalik  hissining  takomillashib  borishi  o‘zidan  bo‘lgan  zurriyodga  nisbatan 
munosabatlarda ham o‘z aksini topgan.  
 
Mulkchilik shakllarining o‘zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand 
kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o‘zgarib borgan. Masalan, 
XIX asrning boshlari XX asrlarning o‘rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining 
jamiyatda  tutajak  o‘rinlari,  ularning  ijtimoiylashuviga  alohida  e’tibor  bera 
boshlaganlar.  Keyingi  davrlar  esa  kattalarning  kichiklar  taqdiriga  befarq 
emasligi,  ularni  qo‘llab-quvvatlash,  rivojlanishiga  ko‘maklashishning 
ahamiyatini anglash davri bo‘lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham 
davom  etib  kelmoqdaki,  endilikda  tug‘ilgan  bolaga  e’tibor  oilaning  barcha 
qadriyatlaridan ustun ham keladi.  
Lekin  bunday  g‘amxo‘rlik  psixologiyasi  ham  madaniy-tarixiy  o‘ziga 
xoslikka  ega.  Masalan,  ayrim  xalqlar  (aksariyat Yevropa  xalqlari)  bolaga  u 
kichikligida  juda  katta  mehr  va  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatadi,  taxminan  o‘smirlik 
davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan 


141
 
 
tarbiya uslublari o‘zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. 
Boshqa  bir  madaniy-etnik  hududlarda,  aksincha,  farzand  balog‘atga  yetgani 
sari ota-onaning unga e’tibori kuchayadi.  

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish