119
Bir o‘ylab ko‘ring, siz yaxshi quvvat yordamida insonlar hayotini
o‘zgartirishga urinyapsizmi yoki salbiy quvvat bilan insonlarda kimgadir yoki
nimagadir nisbatan nafrat uyg‘otib, tartibsizlik yoki urush xavfini
oshiryapsizmi? Ya’ni, sizning birgina noo‘rin so‘zlaringiz, munosabatingiz
jamiyatdagi muvozanatni izdan chiqaradi, “xudbinlik qiyofasidagilar”ning
ko‘payishiga xizmat qiladi.
Nafrat nafratni chaqiradi. Tajovuzkorlik yovuz kuchni uyg‘otadi va
zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi. Va, bir o‘ylab ko‘ring, bugun dunyoni domiga
tortib borayotgan jabr-zulmning ham bosh sababi shu emasmi? Urushlarning,
kelishmovchilik va yovuzliklarning yechimi tajovuzkorlik emas. Faqat yaxshi
so‘z va samimiylik bizni yorug‘likka olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: