Mahalla va oila


Janubiy  Koreya,  Turkiya  va  Qozog‘iston  ham  O‘zbekistonlik



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/280
Sana12.01.2022
Hajmi4,65 Mb.
#336160
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   280
Bog'liq
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Janubiy  Koreya,  Turkiya  va  Qozog‘iston  ham  O‘zbekistonlik
  muhojirlar 
ish izlab yo‘l oladigan asosiy mamlakatlar sirasiga kiradi. 
 
Aksariyat O‘zbekistonlik migrantlar o‘zlari borgan xorij mamlakatida kam 
haq  to‘lanadigan  ishlarni  bajarishga  majbur.  Ularning  aksariyati  oliy 
ma’lumotga  ega  emas.  Muhojirlarning  asosiy  qismi  (40  foiz)  qurilishda,  
20 foizi sanoatda, qolganlari (40 foiz) umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish 
korxonalarida mehnat qiladi. 
Ko‘plab muhojir oilalarning (45 foiz) kamida ikki nafar farzandi vasiylar 
qaramog‘ida  qolishadi.  Ushbu  bolalarning  deyarli  63  foizi  onalari  bilan 
yashaydi,  chunki  muhojir  otalar  ko‘proq  ishlab,  oilalariga  ko‘proq  pul 
yuborishadi. 
Aksariyat  oilalar  (84  foiz)  dori-darmon,  ta’lim  olish,  yaxshi  ovqatlanish 
va  turar-joy  xarajatlarini  qoplash  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  o‘tkazmalariga 
suyanib  qolishgan.  Tadqiqotda  qatnashgan  migrantlar  oilalarning  yarmida 


83
 
 
xarajatlar ko‘rsatkichi daromadlar hajmidan ancha yuqoridir. Ko‘pgina oilalar 
barqaror daromad olishning boshqa manbalariga ega bo‘lmay, ularning yarmi 
ish bilan mutlaqo ta’minlanmagan. 
 
Mehnat  muhojirlarining  oilalari  qoniqarsiz  sharoitlarda  yashashga 
majbur.  So‘rovda  qatnashgan  oilalarning  faqat  19  foizi  markaziy  isitish 
tizimidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo‘lib,  ularning  yarmi  ichimlik  suvi 
bilan ta’minlangan”, deyilgan hujjatda. 
O‘zbekistonda  migrant  ota-onaning  farzandlari  ko‘pincha  vasiylar 
vazifasini bajaruvi qarindosh-urug‘lar, oila a’zolarining qaramog‘ida qoladilar. 
Bunday  bolalar  rivojlanish  nuqsonlari,  psixososyal  va  hissiy  muammolarga 
duch  kelishi  mumkin  bo‘lib,  bunda  ota-onalarning  safardaligi  bolaga 
g‘amxo‘rlik  qilishda  muammolar  tug‘diradi.  Ota-onalarning  migratsiyasi, 
xususan,  bolaning  ta’limiga,  sog‘lig‘iga  va  ijtimoiy  holatiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatishi  kuzatilmoqda.  Ota-onalarning  safarda  bo‘lishi  bolaning 
ovqatlanishi,  ta’lim  olish  darajasiga  salbiy  ta’sir  qilishi  hamda  depressiya 
holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uy yumushlari va uning zimmasiga 
yuklatilgan mas’uliyat bolaning erta ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi.  
O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini baholashning natijalariga 
ko‘ra, mamlakatda bolalarni himoya qilish tizimining tarkibiy qismlari mavjud 
bo‘lishiga qaramay, ular xodimlar va mablag‘ yetishmasligi hamda idoralararo 
muvofiqlashtirish  choralarining  sustligi  tufayli  samarali  ishlamayotganligi 
aniqlandi. Bolalarni himoya qilish xizmatlari asosan bolalarning bitta toifasiga 
-  ya’ni  asosan  internat  shaklidagi  muassasalarga  joylashtirilgan  ota-ona 


84
 
 
g‘amxo‘rligidan  mahrum  bo‘lgan  bolalarga  qaratilgan.  Tazyiq,  zo‘ravonlik, 
ekspluatatsiya va beparvolikning oldini olish bo‘yicha xizmatlar va choralarni 
bajarish  past  darajada  qolmoqda.  Ijtimoiy  xizmat  ko‘rsatish  kasb  sifatida 
yetarlicha rivojlanmagan va bunday xizmatlar asosan faqat internat shaklidagi 
muassasalarda ko‘rsatiladi.  
Hozirgi  vaqtda  ijtimoiy  sug‘urta  badallari  va  umumiy  soliq  tushumlari 
hisobidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining milliy sug‘urta 
tizimiga  YaIMning  9,7  foizi  yo‘naltirilmoqda.  Iqtisodiy  rivojlangan 
mamlakatlarda  bo‘lgani  kabi,  O‘zbekistonda  ham  butun  hayot  sikli  uchun 
mo‘ljallangan  ijtimoiy  himoya  qilish  milliy  tizimi  yaratilgan  bo‘lib,  u 
fuqarolarning umrlari davomida duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammolarni 
hal qilishga qaratilgan.  
 
Umuman  olganda,  ko‘p  sonli  oilalarning  fikriga  ko‘ra,  migratsiyaning 
ijobiy  ta’siri  salbiy  ta’siridan  ko‘ra  salmoqlidir.  Chet  elda  ishlaydigan  oila 
a’zolari  tomonidan  yuborilgan  pul  jo‘natmalari  oilalarning  iqtisodiy  zaifligini 
kamaytirishi  mumkin.  Tadqiqot  shuni  ko‘rsatadiki,  o‘tkazilayotgan  moliyaviy 
mablag‘lar  evaziga  oilalar  o‘z  turmush  sharoitlarini  yaxshilashlari,  o‘quv 
materiallarini sotib olish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan va boshqa shu kabi 
imkoniyatlardan  foydalanishlari  mumkin.  Ammo,  pul  o‘tkazmalari  oilalarning 
ehtiyojlarini, xususan bolalarning psixologik farovonligini to‘liq qondirish uchun 
yetarlimi  yoki  yo‘qmi  hanuz  tasdiqlanmagan.  Ota-onalarning migratsiyasi 
sababli, nazoratsiz qolgan bolalar oilaning buzilishi oqibatlaridan jabr 
chekishlari,  yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rmasliklari kabi salbiy holatlarga duch 
kelishlari mumkin. 


85
 
 
Bu,  ayniqsa,  bolalarning  psixologik  va  hissiy  salomatligiga  ta’sir  qilishi 
mumkin. Ba’zi hollarda, bolalar odatda aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik 
qilish,  uy  yumushlarini  bajarish  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlari  kabi  kattalar 
tomonidan bajariladigan ishlarga jalb qilinib, bu ularning ta’lim olishi va bo‘sh 
vaqtlarini o‘tkazishlariga xalaqit berishi mumkin. Xususan, tadqiqot davomida 
bolalarda  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  uchta  asosiy  potensial  salbiy  ta’sir 
aniqlandi:  
Bolaga g‘amxo‘rlik qilish. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘zbekistonlik 
mehnat  muhojirlarining  aksariyatining  farzandlari  bo‘lishiga  qaramay,  ular 
yolg‘iz o‘zlari migratsiya qilishni afzal ko‘radilar va ko‘p holarda bolalarni ota-
onaning biri yoki bironta qarindoshning nazorati ostida qoldiradilar yoki ba’zi 
hollarda ularni internat shaklidagi muassasalarga joylashtiradilar.  
Otalar  migratsiya  qilganida,  onalar  odatda  bolalarning  asosiy  homiysi 
hisoblanadi.  Ota-ona  migratsiya  qilgan  hollarda  qarindoshlarning  vasiy 
sifatida jalb qilinishi eng keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda, 
qarindoshlar tomonidan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik bolalar uchun eng xavfsiz 
va  barqaror  muhit  sanaladi.  Biroq,  bunday  vasiylik  rasmiy  ravishda 
rasmiylashtirilmaydi  yoki  tegishli  organlarda  ro‘yxatdan  o‘tkazilmaydi  va 
vasiylar  iqtisodiy  muammolarga  duch  kelgan  holatlarda,  bolalar  beparvolik, 
ekspluatatsiya  va  tahqirlash  xavfi  ostida  qoladilar.  Bolalarning  psixologik 
holatiga  ta’siri.  Oiladagi  vaziyatdan  qat’i  nazar,  bolalarning  aksariyati 
migratsiya paytida ota-onalarini sog‘inadilar.  
Tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  vasiylar  odatda  bolalarni  tarbiyalash  va 
nazorat qilishning turli usullaridan foydalanadilar. Bolalarning 7 foizga yaqini 
jismoniy  jazolardan,  3  foizi  oiladagi  zo‘ravonliklardan  va  6  foizi  maktabdagi 
tahqirlashlardan aziyat chekadi. Bolalarning uchdan bir qismi ota-onalarining 
migratsiyasidan so‘ng o‘z zimmalariga uy yumushlar, bolalarni parvarish qilish 
va  aka-uka  va  opa-singillarga  g‘amxo‘rlik  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
qo‘shimcha  majburiyatlarni  oladilar.  Bolalarning  o‘zlari  qo‘shimcha 
yumushlarni  o‘qish  yoki  hayotning  boshqa  sohalariga  xalaqit  beradigan 
omillar qatoriga qo‘shmaydilar. Shunga qaramay, tahlil shuni ko‘rsatadiki, uy 


86
 
 
yumushlari  ko‘lamining  kengayishi  bolalarning  kayfiyatiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.
 
Migratsiyaning  oshishi  noto‘liq  oilalarning  paydo  bo‘lishiga  sabab 
bo‘lmoqda va ular katta muammoli masalalarni keltirib chiqarmoqda. 
Dunyodagi  barcha  davlatlar,  shu  jumladan,  O‘zbekistonning  ijtimoiy-
istisodiy rivojlanishi, qishloq va shahar orasidagi tafovutning kamayib borishi, 
urbanizatsiya tufayli shahar hayot tarzining qishloqqa kirib kelishi, ayollarning 
iqtisodiy  jihatdan  mustaqilligining  kuchayishi,  shu  bilan  birga  jamiyatda 
ma’lum  imtiyozlarning  ko‘payib  borishi,  migratsiyaning  keskin  oshishi  oila 
instituti, nikohlar mustahkamligiga muqarrar ravishda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoda. 
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda xalq hayotida misli ko‘rilmagan ijobiy 
o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Shu  bilan  birga  so‘nggi  o‘n  yillikda  bir  qator 
muammolar  yanada  dolzarblashdi.  Shulardan  biri  -  oila  institutining 
zaiflashishi,  ajralishlar  va  ularning  asorati  sifatida  noto‘liq  oilalar  sonining 
keskin o‘sishidir. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish