O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

KIRISH
 
 
Taraqqiyot  qanchalik  tezkor  bo‗lmasin,  hozirda  muloyim  tabassum,  iliq  qo‗l 
olishish,  chin  yurakdan  olib  borilgan  suhbatning  ilgaridan  ham  ko‗proq  qadri 
oshmoqda. Madaniy muomala - bu oila baxti, hayot go‗zalligi va ilhombaxsh mehnat 
garovidir. Aytilishicha,  «qilish oson bo‗lgan, lekin yuqori baholanadigan narsa - muloyim 
iliq    muomaladir».  Muloyim  iliq  so‗z  kishiga  najot,  tetiklik  bersa,  qo‗pol  so‗z  esa 
kishini  izdan  chiqaradi.  Bekorga  xalqimiz  «YAxshi  so‗z  bilan  ilon  inidan,  yomon 
so‗z bilan musulmon dinidan chiqadi»,   demagan. 
Ta‘lim-tarbiyada  mayda-chuyda  narsa  bo‗lishi  mumkin  emas.  qariyalarga, 
ayollarga behurmatlik jamoat joylarida qilingan qo‗polliklarga befarq  qarab bo‗lmaydi. 
Albatta, muloyim muomala, sof qalb, chiroyli xulq-atvorni o‗rganib bo‗lmaydi. Ichki 
madaniyatni  rivojlantirish  yuksak  insoniy  sifatlarni  shakllantiruvchi  tarbiyaviy  ishlar 
majmuasidan  o‗rin  olishi  kerak    Insonning  xulq-atvori  uning  ko‗zgusi,  -  deyiladi. 
SHunday ekan,  kishining  har  bir  ishida  qalbining  go‗zalligi,  sof  tuyg‗ulari,  yuksak 
g‗oyasi va madaniyati ko‗rinib turishi   lozim. 
V.Solouxin o‗zining «SHartlilik haqida shartlashib olaylik» maqolasida shunday 
yozadi:  «Mening  ham  boshqalar  singari  yaxshi  o‗qituvchilarim  bo‗lgan.  Ular 
menga  geografiya,  fizikadan  hamda  Turgenev  o‗z  davri  dvoryan  tuzumini  fosh 
qilganligidan  ilm  berishgan.  Lekin  hech  kim,  hech  qachon  jamiyatda  o‗zimni 
qanday  tutishim  kerakligini  o‗rgatgan  emas.  Zinadan  ko‗tarilayotganda  yoki 
tushayotganda  sakrab  yurish  xunukligi,  ayol  kishi  bilan  suhbat  chog‗ida  qo‗lni 
cho‗ntakda ushlash yaxshi emasligini o‗rgatmagan.  
SHuningdek,  har  bir  soha  kasb  egasi  professional  etiketga  ega  bo‗lishi  zarur. 
Xorijiy  mutaxassislarimiz qachonki kasb sanaladi, quyidagi qoidalarga amal qilsa, 
deya izoh berishadi
1

1.
 
Sohasi  va  yo‗nalishi,  ya‘ni  mutaxassisligi  bo‗yicha  yig‗ilgan  shaxslar 
(masalan, kutubxonachilar, shifokorlar, axborot texnologiyalari sohasi  vaqillari  va 
boshqalar). 
                                                

http://ethics.iit.edu/teaching/professional-ethics. 


 

2.
 
Kasbiy  sohaga  yo‗naltirilgan  alohida  maxsus  stardart  asosida  ish  olib 
boradiganlar. 
Madaniyatli o‗lish  har birimiz  uchun zarurdir. Misol  keltiraylik: keksa, ajoyib 
madaniyatli  ayol  bilan  kechqurun  ko‗chada  uning  ukasini  kutayotgan  vaqt... 
Anvarjon  «Kelayotgan  ukangiz  emasmi?  -  deb  so‗raganida,  ayol  -  yo‗q,  mening 
ukam qo‗llarini cho‗ntagiga solib yurishi mumkin emas», - degan. 
O‗qituvchilarimdan  hech  kim,  -  deb  eslaydi  Solouxin,  -  ayol  bilan 
uchrashganda birinchi bo‗lib qo‗l berish  mumkin emasligi, agar ayol  lozim ko‗rib 
qo‗lini o‗zatsagina, qo‗l o‗zatish kerakligini aytgan emas». 
Kechki  ovqatga  taklif  etilgan  ajoyib  yigit  dasturxon  atrofida  tarog‗ini  olib 
sochini  taray  boshlaydi.  SHu  bois  uni  boshqa  mehmonga  taklif  etmay  qo‗yadilar. 
Erkaklardan boshqa biri shunday vaziyatda, ayollardan oldinroq dasturxon atrofiga 
o‗tirib 
olgan. 
Xullas, 
jamiyatda 
o‗zini 
qanday 
tutish 
kerakligiga 
o‗rgatilmaganligimizga   yuzlab   misollar   mavjud. 
Aytilganlar  tarbiyaning  tashqi  belgilaridir.  Tarbiya  to‗g‗risida  so‗z  ketganda 
nutq,  uning  sofligi  va  go‗zalligi  to‗g‗risida  ham  aytish  lozim.  Suhbatdoshingizni 
oxirigacha,  so‗zini  bo‗lmay,  har  tomonga  qaramay,  boshqalarni    chalg‗itmay 
eshitish ham  madaniyat  belgisidir. 
Har  bir  inson  odamlar  orasida  o‗sadi,  ulg‗ayadi,  hayot  kechiradi,  o‗zining 
butun  hayoti  va  faoliyati  davomida  har  xil  toifadagi  ko‗plab  insonlar  bilan 
muloqatda  bo‗ladi.  U  insonning  o‗z  kundalik  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirish 
zaruratidan kelib chiqadi.  
Axloq  -  inson  va  jamiyat  o‗rtasidagi  ob‘ektiv  aloqadorlik  tufayli  kelib 
chiqadigan,  shaxsiy  va  umumiy  manfaatlarni  muvofiqlashtirib  turish  asosida  har 
bir  shaxsning  hayoti  va  faoliyatini  boshqaradigan,  tartibga  soladigan  muayyan 
xulq-atvor, odob,  xatti-harakat  normalarning  majmuidir. ―Axloq  normalari  iborasi 
odatda oldindan so‗z, yaxshi yoki yomon, ijtimoiy jihatdan ko‗rsatilgan xulq-atvor, 
har bir madaniyat uchun turli xulq-atvorlar yig‗indisini tashqil etadi‖
2
.  
                                                
2
Richerson  and  Boyd, "The  Evolution  of  Human  Ultra  Sociality", In  press:  I.  Eibl-Eibisfeldt  and  F.  Salter,  eds. 
Ideology, Warfare, and Indoctrinability, 1997. 


 


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish