Etiket qoidalari –
odob, rasm-rusmlar – asosan tashqi ta‘sirga emas, balki
ichki jihatlarga – insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan.
YA‘ni etiket ―muhimi qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‗rinishda‖
shiori ostida o‗zini yo‗qotib qo‗ymasliq aslzodalikning mavjudligini ko‗rsatishga
intilish va shu bilan jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‗liq bo‗lgan.
Odob insonlararo munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash
orqali takomillashadigan tashqi va ichki go‗zallik uyg‗unligi sifatida namoyon
bo‗ladi. SHu ma‘noda, ―Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan,
lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim
ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-
harakatlarni o‗z ichiga oladi‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |